Mirziyoyevning Hindistonga safari oldidan Mahatma Gandi kitobi nashr etildi
O‘zbek va hind xalqlarining do‘stligi uzoq moziyga borib taqaladi. Tarix zarvaraqlarining har bir sahifasida bu do‘stlik, o‘zaro hamkorlikning yorqin namunalarini ko‘rishimiz mumkin. Ayniqsa, madaniyat, adabiyot va san'at sohasida ijodiy aloqalar chegara bilmaydi.
Shu ma'noda, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga safari oldidan O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi munosib tuhfa hozirladi. Hind xalqining ozodligi va mustaqilligi uchun kurashgan davlat va jamoat arbobi Mahatma Karamchand Gandining “Mening hayotim” kitobi nashr etildi. Ushbu kitob jahonning ko‘plab tillariga tarjima qilingan. “Mening hayotim” tarjimai hol kitobi. Ammo u muallif hayotigagina chizgilar bermaydi, balki tarjimai hol bahonasida Gandi o‘zining butun dunyoqarashini, hayotda ko‘zlagan maqsadlarini oshkora va xolisona ifodalab beradi. M. Gandi o‘zining kechinmalariga boy hayoti bilan Hindiston xalqi uchungina emas, balki butun dunyo xalqlari uchun namuna bo‘lib qoldi.
Nashriyot-matbaa ijodiy uyida hind adabiyotining asoschilaridan Robindranat Tagorning 8 jildlik asarlari ham nashrga tayyorlanmoqda.
Bu majmua oxirgi marta 1953 yilda o‘zbek tilida chop etilgan edi.
Hindiston davlat madhiyasining muallifi R. Tagor asarlari jahonning ko‘plab tillarida tarjima qilingan. Uning asarlari hind adabiyotining yuksak cho‘qqisi hisoblanadi. Adibning nazm va nasrda yaratgan obrazlari o‘zining yuksak pafosi insoniylikni yorqin bo‘yoqlarida tarannum etishi bilan o‘quvchilar qalbini zabt etgan. Nashrga tayyorlanayotgan ushbu kitoblar ham o‘zbek kitobxonlarga manzur bo‘lishi tabiiy.
Mavzuga oid
20:33 / 07.11.2024
Hindistonda uch kun ichida 10 ta fil nobud bo‘ldi
01:52 / 07.11.2024
Kashmir Hindistonni maxsus avtonomiya maqomini tiklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi
11:56 / 06.11.2024
Inson matonati: 22 yil davomida tog‘ni yo‘nib yo‘l ochgan odam
17:51 / 05.11.2024