Prezident qarori bilan yangi idoralararo komissiya tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyani tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.
Hujjatda qayd etilishicha, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish Yevroosiyo guruhiga a'zo davlatlarning o‘zaro baholashning ikkinchi bosqichini o‘tkazish rejasiga muvofiq 2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini o‘zaro baholash rejalashtirilgan;
o‘zaro baholashning ikkinchi bosqichi muvaffaqiyatli o‘tishi va Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (keyingi o‘rinlarda FATF deb yuritiladi) tavsiyalari ijrosini ta'minlash maqsadida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar ishtirokida xavflarni milliy darajada baholash o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyani tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi.
Belgilab qo‘yilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq xavflarni baholash bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, shuningdek, uning asosida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini yanada rivojlantirishga va mustahkamlashga oid takliflar ishlab chiqish va choralar ko‘rish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
FATF tavsiyalaridagi talablarni va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga implementatsiya qilishni ta'minlash;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish, mazkur sohadagi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Quyidagilar zimmasiga jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq xavflarni milliy darajada baholashni samarali tashkil etish va o‘tkazish uchun shaxsiy javobgarlik yuklandi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari Sh.X.Atabayevga – tijorat banklari va kredit tashkilotlari, shuningdek, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar xavflari bo‘yicha;
b) O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari V.Yu.Pakka – lizing xizmatlarini va lotereyalar tashkil etishni amalga oshiruvchi tashkilotlar, auditorlik tashkilotlari, sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari xavflari bo‘yicha;
v) O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari J.B.Yunusovga – birja va rieltorlik tashkilotlari xavflari bo‘yicha;
g) O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari A.J.Tashkulovga – notarial idoralar, advokatlik tuzilmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar xavflari bo‘yicha;
d) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari B.A.Olmatovga – pochta aloqasi operatori va provayderlari xavflari bo‘yicha;
ye) O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining o‘rinbosari F.M.Karimovga – qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari xavflari bo‘yicha.
Departament boshlig‘i vazifasini bajaruvchi – Komissiya raisi o‘rinbosari D.F.Raximov jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq xavflarni milliy darajada baholash yuzasidan umumlashtirilgan hisobotni tayyorlash uchun mas'ul etib belgilandi.
Mavzuga oid
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
07:40 / 17.08.2024
Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi
07:15 / 24.07.2024