Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp BMT Bosh assambleyasi doirasida kimlar bilan uchrashishi ma'lum bo‘ldi
Foto: RIA Novosti / Nensi Sisel
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp BMT Bosh assambleyasi maydonchalarida Fransiya, Buyuk Britaniya, Isroil, Misr, Yaponiya va Janubiy Koreya rahbarlari bilan uchrashadi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bermoqda.
E'lon qilingan jadvalga ko‘ra, Tramp 25 sentabr kuni Bosh assambleyada nutq so‘zlaydi, undan keyin BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh bilan uchrashadi.
Ertasi kuni Qo‘shma Shtatlar rahbari BMT Xavfsizlik kengashida yadroviy qurol tarqalishini cheklash mavzusida chiqish qiladi. Shu kuni Trampning jahon yetakchilari bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT AQSh va KXDR muzokaralaridagi o‘z o‘rnini belgilab olgandi.
Mavzuga oid
22:43 / 30.01.2026
BMT «muqarrar moliyaviy inqiroz» xavfi ostida ekani ma’lum bo‘ldi
21:10 / 21.01.2026
BMT «global suv bankrotligi» davri boshlanganini e’lon qildi
22:38 / 20.01.2026
Isroil BMT Falastin qochqinlariga yordam agentligi qarorgohini buzib tashladi
15:27 / 14.01.2026