"Trastbank"dan mijozlar uchun yangi qulaylik
“Zarurat tug‘ilganda, o‘zimning plastik kartochkamdagi mablag‘ni bankdan naqd pul qilib olishimda doim muammolarga duch kelardim”, - deydi fuqaro Rohatoy Bahriddinova.
- Mana endi bizning tumanimizda ham kecha-yu kunduz 24 soat davomida ishlaydigan hududning tashkil etilgani albatta ish vaqti kechki soat 18.00 gacha belgilangan aholini quvontirdi. Hozir men nafaqat plastik kartamdagi pul mablag‘imni naqdlashtirdim, balki barcha turdagi kommunal to‘lovlarimni ham shu yerning o‘zida amalga oshirib, o‘z vaqtimdan unumli foydalangan holda rejadagi boshqa ishlarimga ham ulgurdim”.
“ Men bu filialning doimiy mijoziman desam ham bo‘ladi, chunki faoliyatim chet el safarlari bilan bevosita bog‘liq, - deydi bankning yana bir mijozi Barot Rajabov.
-Mobil telefonimga bankning "TrustPay" mobil ilovasini yuklab olganman. Mazkur mobil ilova orqali dunyoning qaysi bir chekkasida bo‘lsam ham chet el valyutasini konversiya qilib “Visa” kartamga tushirish imkoniyati mavjudligi men kabi tadbirkorlarga yaratilgan qulaylik deb bilaman”.
Muxtasar qilib aytganda, bugun mazkur moliyaviy muassasada fuqarolarga malakali va sifatli xizmat ko‘rsatish ko‘lami tobora kengayib borayotgani uning moliya bozorida o‘z o‘rni va salohiyatiga ega bo‘lib borayotganidan dalolat berib turibdi.
Mavzuga oid
10:00 / 31.07.2024
Trastbankdan aksiya: qancha ko‘p ish o‘rni yaratsangiz, shuncha ko‘p imtiyozga ega bo‘lasiz!
19:00 / 26.06.2024
“Trastbank”: Chevrolet Tracker avtomobili va boshqa qimmatbaho sovrinlar egalari aniqlandi!
17:07 / 02.11.2023
Chevrolet Tracker avtomobiliga ega bo‘lishni istaysizmi?
15:52 / 26.07.2023