Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook’ning Osiyodagi ilk data-markazi qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
Kompaniya blogida Osiyodagi ilk data-markazning qurilishi boshlangani haqida e'lon qilingan. Singapurdagi 11 qavatlik data-markazning qurilishi kompaniyaga 1 mlrd dollarga tushadi.
Yangi binoning umumiy maydoni 170 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Uning qurilishi Singapurga yangi ish o‘rinlarini beradi deya rejalashtirilmoqda.Qurilishda ham, keyinchalik faoliyatda ham Facebook State Point Liquid Cooling (SPLC) texnologiyasidan foydalanadi. Bu esa suv va serverlarni sovutish uchun elektrdan kamroq foydalanishni anglatadi.
SPLC tizimi serverlarning samarali faoliyati uchun zarur bo‘lgan maydonni kamaytirib, kompaniyani mexanik sovutish zaruriyatidan xalos etadi. Keyinchalik data-markaz yashil energiya hisobiga ishlaydi.
Bugungi kunda Osiyo-Tinch okeaniga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining 40 foizi yoki 894 million kishi to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
14:59 / 09.01.2026
Qora dengizda dron zarbasi oqibatida Elbus tankeri shikastlandi
07:15 / 08.11.2025
2025 yilda dunyodagi eng boy mamlakatlar reytingi
21:17 / 06.11.2025
Singapurda onlayn firibgarlik uchun darralash jazosi joriy etildi
11:21 / 25.10.2025