Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Hizbulloh”ning Lotin Amerikasida eng qidiriluvchi a'zolaridan biri qo‘lga olindi
Braziliya federal politsiyasi AQSh Livanning “Hizbulloh” tashkiloti bilan bog‘laydigan Asad Ahmad Barakotni qo‘lga oldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Barakot Paragvay bilan chegarada joylashgan Fos-du-Iguasu shahrida Paragvay bergan order bo‘yicha ushlangan.
Ma'lum qilinishicha, Barakot “Hizbulloh”ning Lotin Amerikasida eng qidiriluvchi a'zolaridan biri bo‘lib, guruhning “moliyalashtirish va pul yuvishdagi” muhim a'zosi hisoblanadi.
“Nason” nashrining ta'kidlashicha, Paragvayda unga qarshi hujjatlarni qalbakilashtirish bo‘yicha ayblov bildirilgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Barakot Livan fuqarosi bo‘lib, 1989 yilda Paragvay fuqaroligini ham olgan, biroq 2007 yilda soliq firibgarliklari uchun undan mahrum etilgan.
2004 yil AQSh moliya vazirligi Barakotni “Hizbulloh”ga g‘aznachi sifatida ishlashda ayblagan va AQSh banklariga uning barcha hisob raqamlarini muzlatishni buyurgan.
“Hizbulloh” AQShda terrorchilik tashkiloti hisoblanadi.
Mavzuga oid
17:02 / 03.06.2026
Tarixiy qal’a egallanishi va Eronning noroziligi. Livanda nimalar bo‘lmoqda?
19:13 / 17.05.2026
Dunyodagi eng keksa opa-singillar Braziliyada yashayotgani ma’lum bo‘ldi
21:17 / 12.05.2026
Prezident Braziliya tashqi ishlar vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:14 / 12.05.2026