Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda Turob Jo‘rayev chog‘ida boshlangan noqonuniy qurilish bilan Bosh prokuratura shug‘ullanadi
Samarqandlik bloger Mirzo Subhonov shu yilning iyul oyida o‘z blogida «Samarqandda navbatdagi shubhali qurilish» sarlavhasi ostida o‘z blogpostini e'lon qilgan edi.

Bloger o‘z chiqishida «Samarqand shahri markazida joylashgan 9-qavatli Universitet binosi, ikki yil o‘tar-o‘tmas, yana yangidan kapital ta'mirlanmoqda. Sobiq ittifoq chog‘ida qurilgan bino 2 yil oldin davlat byudjyetining 6,0 mlrd so‘mlik mablag‘i hisobidan to‘liq ta'mirlangan edi. Bu safar binoni kapital ta'mirlash uchun byudjyetdan yana 9,9 mlrd so‘m ajratish belgilangan. Achinarlisi, o‘sha 9,9 mlrd so‘mlik byudjyet mablag‘larining batafsil sarflanishi va qurilishning boshqa tafsilotlari buyurtmachi — Samarqand viloyat hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi (sobiq kapital qurilish boshqarmasi — UKS) tomonidan jamoatchilikdan yashirilmoqda», deb yozgan.
Byudjyetdan aynan SamDU binosini ta'mirlash uchun 9,9 milliard so‘m mablag‘ ajratilganini M.Subhonovga viloyat Injiniring kompaniyasi bosh muhandisi D.Murodqobilov tasdiqlagan.
Qurilish talab va me'yorlari bo‘yicha, biror binoni kapital ta'mirlash uchun yetarli asos bo‘lishi shart. Buning uchun birinchi navbatda bino avariya holatida bo‘lishi va idoralararo qurilish komissiyasining rasmiy nuqsonlar dalolatnomasi («defektnyy akt») rasmiylashtirilishi lozim.
SamDUning bu binosi esa ikki yil oldin zamonaviy deraza-romlar, MDF eshiklar, alyuminiy radiatorlar, laminat pol va boshqalar bilan to‘liq jihozlangan. Bu esa binoning avariya holatida ekanligiga asosli ravishda shubha uyg‘otadi.
«Bugunga kelib, binoning old qismi to‘liq buzilgan. Qurilish maydonida na loyiha muddati va na quruvchi tashkilot to‘g‘risida ma'lumot bor. Qurilish bo‘yicha Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (NAPU)ning ham xulosasi yo‘q», — deb xabar bergan edi bloger.
Mirzo Subhonov albatta mazkur masala O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga ham murojaat qilgan.

Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi mutaxassislari tomonidan arizada ko‘rsatib o‘tilgan vajlar joyiga chiqib o‘rganilganida bloger tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan qonun buzilishlari o‘z tasdig‘ini topgan. Obektda qurilish-ta'mirlash ishlari davlat qonunchiligiga rioya etilmagan holda, jumladan, qurilish ishlari ochiq tender o‘tkazilmasdan boshlab yuborilganligi va bu bo‘yicha milliy agentlikning ekspertiza xulosasi yo‘qligi ma'lum qilindi.

«Albatta, o‘sha paytlarda Samarqanddagi biror-bir qurilish viloyatning sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayevning to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyrug‘isiz amalga oshirilmas edi. Biror-bir quruvchi sobiq hokim ruxsatisiz qo‘lida hech qanday hujjat bo‘lmasdan turib, davlat binosini buzish ishlarini boshlashga jur'at eta olmasdi», — deydi Kun.uz bilan suhbatda bloger.
Noqonuniy qurilish-ta'mirlash ishlari o‘z vaqtida aniqlanib, tegishli tashkilotlarga ma'lum qilinganligi ortidan davlat byudjyetining 9,9 mlrd so‘mlik mablag‘i talon-toroj bo‘lishdan saqlab qolinmoqda.
Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining javob xatida ushbu noqonuniy qurilish yuzasidan 2018 yil 18 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga ham shikoyat arizasi kiritilganligi ma'lum qilindi.
Albatta, tekshiruv yakunlari bo‘yicha Bosh prokuraturaning xulosasi e'lon qilinsa o‘quvchilarimizga qiziq bo‘lar edi.
Mavzuga oid
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026
Saida Mirziyoyeva Global ekologik jamg‘arma Assambleyasida ishtirok etdi
20:37 / 03.06.2026