Singapur O‘zbekistonda bolalar bog‘chalari tarmog‘ini qurmoqchi
O‘tgan yilning aprel oyida O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 20 yil to‘ldi. Shu vaqt mobaynida ikki tomonlama biznes forumlar muntazam ravishda tashkil etilib, O‘zbekiston idoralari vakillari singapurlik hamkasblar bilan tajriba almashishdi.
Poytaxt hokimligiga Singapurning «Modern Montessori International» kompaniyasi raisi T.Chandru va «CISTECH International Pte Ltd» kompaniyasi direktori B.Mekani tashrif buyurdi. Singapur vakillari «Modern Montessori International» O‘zbekistonda bolalar bog‘chalari tarmog‘ini yaratish bo‘yicha loyihani amalga oshirishda Singapur kompaniyalari ishtirokini faollashtirish masalalarini muhokama qilish uchun Toshkentga keldilar.
Toshkent shahar hokimligi Singapur ishbilarmonlariga yordam berishga tayyorligini bildirdi va tomonlar Singapurning kadrlar tayyorlash bo‘yicha markaz hamda markaz qoshida - bolalar ta'lim muassasalarini qurishi masalasini muhokama qilishdi.
Mavzuga oid
16:17 / 04.10.2024
Yarim asrda birinchi marta: Singapurda sobiq vazir pora olgani uchun qamaldi
21:03 / 31.08.2024
Singapurda erkak xotini bilan ajrashish uchun uning mashinasiga kannabis tashlab qo‘ygani aniqlandi
14:02 / 24.08.2024
Singapur kompaniyasi O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslarini amalga oshirmoqchi
09:21 / 25.07.2024