O‘zbekiston | 10:10 / 22.09.2018
5830
3 daqiqa o‘qiladi

Sog‘liqni saqlash: 4 turdagi tibbiy va 12 turdagi yordamchi xizmatlar xususiy tadbirkorlarga autsorsing shartlarida berilishi mumkin

Foto: Depositphotos

Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida joylashtirilgan navbatdagi loyihada sog‘liqni saqlash sohasidagi davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini kengaytirish nazarda tutilgan.
 
Ma'lumot uchun: «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonun loyihasi 2017 yil iyunda muhokama qilingan edi. Unda 16 ta turli faoliyat sohasida davlatning xususiy tadbirkorlar bilan hamkorligi mexanizmlarini belgilash nazarda tutilgan. O‘tgan yil sentabrida qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish rejalashtirilgan edi. 
 
Norma’ning yozishicha, qonun shu paytgacha qabul qilinmagan bo‘lsa ham, DXShning aniq mexanizmlari, masalan, quyidagi sohalarga joriy etib bo‘lindi:
 
• ta'lim – maktabgacha va umumiy o‘rta (maktab);
• madaniyat va san'at;
• sog‘liqni saqlash – ijtimoiy dorixonalarni tashkil etish va faoliyat yuritishi qismida va h.k.  
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorlik munosabatlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda, taqdim etilgan loyiha bilan bitimlarning amal qilish muddatlarini aniq belgilagan holda DXShning bir qator yangi shakllarini joriy etishni taklif qilmoqda.

 

Yuqorida ko‘rsatilgan jadvalning 1 – 6-shakllari bo‘yicha DXSh to‘g‘risidagi bitim Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov asosida tuziladi, 7 va 8-vaziyatlarda esa tanlov o‘tkazilmaydi. Sog‘liqni saqlash vazirligi davlat tomonidan sherik sifatida bitim tuzadi va xususiy sherikning bitim shartlarini bajarishini monitoring qiladi.
 
Shu o‘rinda aytish joizki, DXSh shakliga qarab xususiy sherikning quyidagi turdagi investitsiya majburiyatlari taklif etiladi:

• muayyan sonli ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxslarga imtiyozli to‘lov belgilagan holda yoxud bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;
• davlat tibbiyot tashkilotlari uchun yordamchi funksiyalarni, shuningdek joylardagi sog‘liqni saqlash organlari tomonidan belgilangan hajmlarda ayrim turdagi davolash-profilaktika xizmatlarini bajarish;
• xususiy sherikka biriktirilgan davlat tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash va jihozlash va b.
 
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid