Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga tashrif buyurgan yaponiyalik sayyohlar miqdori rekord darajada oshdi
Joriy yilning 8 oyi muddatida O‘zbekistonga tashrif buyurgan yaponiyalik sayyohlar soni o‘tgan 2017 yilga nisbatan 154 foizga oshdi va 10028 kishini tashkil etdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
Yozgi mavsumda yaponiyaliklar tashrif buyurishni istagan davlatlar orasida O‘zbekiston ikkinchi o‘rinda qayd etilgan. Bu haqda Yaponiyaning yetakchi sayyohlik korporatsiyasi bo‘lmish HIS’ning joriy yil iyul oyida e'lon qilingan reytingida ko‘rsatilgan.
“O‘zbekistonning sayyohlik brendini targ‘ib etishda mamlakatning Yaponiyadagi elchixonasi ulkan ishlarni amalga oshirdi. Joriy yilning o‘zida o‘zbek diplomatlari tomonidan Yaponiya poytaxti va yirik shaharlarida 100 dan ortiq muzokara va taqdimotlar o‘tkazildi, jumladan, xalqaro turizm masalasida ham”, deyiladi ma'lumotda.
Ma'lumot o‘rnida: O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 fevral kuni mamlakatning sayyohlik salohiyati rivoji uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy choralar ko‘rish haqidagi farmonni imzolagandi. Unga ko‘ra, shu yilning 10 fevralidan Isroil, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishi (30 kungacha) mumkin bo‘ldi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:31 / 09.06.2026