19:20 / 23.09.2018
11312

«Chelsi» London derbisida to‘xtatildi

Angliya chempionatining 6-tur uchrashuvlari doirasida «Chelsi» safar o‘yinida ochko yo‘qotdi.

«Olimpiyskiy stadion»da «Vest Hem»ga qarshi kechgan London derbisi maqomidagi uchrashuv golsiz durang bilan yakunlandi.

Shu tariqa, Maurisio Sarri jamoasi o‘zining 5 uchrashuv davom etgan g‘alabali seriyasini to‘xtatdi va mavsumda ilk marta ochko yo‘qotib, turnir jadvalida «Liverpul»ga yetib olish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

Endilikda «Chelsi» 16 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining uchinchi o‘rniga tushib ketgan. Birinchi va ikkinchi o‘rinlarda «Liverpul» (18 ochko) hamda «Manchester Siti» (16 ochko) joylashgan, «shaharliklar»da to‘plar nisbati yaxshiroq (+10) bo‘lgani evaziga «Chelsi» (+5) uchinchi o‘rinda qolgan. Mavsumni qatorasiga 4 mag‘lubiyat bilan boshlagan «Vest Hem» esa keyingi ikki turda 4 ochko olgan holda 17-o‘rinda qolmoqda.

Keyingi turda Maurisio Sarri jamoasi «Liverpul»ni, Manuel Pellegrini shogirdlari esa «Manchester Yunayted»ni qabul qiladi. Ikki uchrashuv ham 29 sentabr kuniga belgilangan.

Angliya chempionati
6-tur
Vest Hem – Chelsi 0:0

Vest Hem – Fabianski, Balbuena, Diop, Masuaku, Rays, Nobl, Obiang, Felipe Anderson (Snodgrass, 74), Antonio (Peres, 65), Yarmolenko, Sabaleta.
Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger (Keyxill, 69), Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Kovachich (Barkli, 79), Jorjino, Villian, Kante, Azar, Jiru (Morata, 65).
Ogohlantirishlar: Kante (50), Felipe Anderson (52), Snodgrass (90).

Top