Nihoyat, Özbekistonda robotlaştirilgan jarrohlik, radiojarrohlik, fotodinamik terapiya kabi yuqori texnologiyali davolaş usullari rivojlantiriladi, şifoxonalarda davolanuvçilar soni sezilarli darajada kamayadi. Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov yaqin ön yilda respublika tibbiyot muassasalari faoliyatida kuzatiladigan özgarişlar haqida söz yuritdi.

Aziz Abduhakimov
Foto: Kamil Yenikeyev

Uç bosqiçli rivojlaniş dasturi

Yaqin yillarda soğliqni saqlaş tizimining  rivojlanişini şartli ravişda uç bosqiçga taqsimlaş mumkin. Özgarişlarning bari Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) tavsiyalariga muvofiq eng yaxşi zamonaviy profilaktika, kasalliklar diagnostikasi va  davolaş tajribasi bilan xarakterlanadi.

2019-2020 yillarga töğri keluvçi birinçi bosqiçda soğliqni saqlaş tizimini qayta yönaltirişni rejalaştiryapmiz. Şifokorlarning asosiy vazifasi kasalliklar profilaktikasi böladi. Buning uçun birlamçi tibbiy-sanitar yordam tarmoğini optimallaştiriş jarayonini ötkaziş, faoliyatni bemorning oğriqdan aziyat  çekib şifokorga murojaat qilişidan emas, balki kasalliklarni erta bosqiçda aniqlaşga yönaltiriş kerak böladi. Bu patronaj va reabilitatsion işlarni kuçaytirişni talab qiladi. Eng keng tarqalgan kasalliklarni aniqlaş uçun ommaviy skriningni rivojlantiramiz. Birinçi zveno tibbiyot muassasalari u yoki bu kasalliklarni aniqlaş maqsadida aholini ommaviy körikdan ötkaziş taşabbusi bilan çiqadi.

Soğlom turmuş tarzi

"Soğlom ovqatlaniş" dasturlarini amalga oşiriş yöli bilan notöğri ovqatlanişni erta bosqiçda aniqlaş va kasalliklar profilaktikasiga katta e'tibor qaratiladi. Dastur şuningdek ortiqça vazndan aziyat çekuvçi kişilarni parhezli ovqatlaniş bilan ta'minlaşni ham öz içiga oladi.

Umuman olganda, "soğlom turmuş tarzi" böyiça dasturlar rivojlanişi va tarğibotiga katta e'tibor qaratiladi. Bolalar boğçasi, maktab, kollej, litsey va oliy ta'lim muassasalari, mehnat jamoalari, mahalla qömitalari, xotin-qizlar taşkilotlari, Yoşlar ittifoqidan tortib to keksalar va nafaqaxörlarni birlaştiruvçi taşkilotlargaça har kuni jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullaniş ommaviy tarğib qilinadi, töğri ovqatlaniş usullariga oid xabardorlik darajasi oşiriladi.

Köpçilik şifokorga taşrif kasalxonada davolaniş bilan tugaşi kerakligiga örganib qolgan. Ilğor tibbiyotga köra, terapevtik kasalliklarning aksariyati şifoxonaga joylaşuvni talab qilmaydi. Şu bois bemorlar zarur tibbiy muolajalarni oliş uçun murojaat qiluvçi kunduzgi statsionarlar tarmoğini kengaytiriş rejalaştirilmoqda. Harakatlanişga qiynaluvçi keksalar hamda jamoatçilikda paydo böliş tavsiya etilmaydigan bemorlar alohida e'tiborni talab qiladi. Şuning uçun "Uy statsionari" xizmatini yölga qöyamiz, ya'ni tibbiyot xodimi belgilangan muolajalarni ötkaziş uçun bemorning uyiga boradi.