Jahon | 20:00 / 24.09.2018
2156
2 daqiqa o‘qiladi

Italiya muhojirlikka doir qonun hujjatlarini yanada qat'iylashtiradi

Foto: AP

Italiya vazirlar kengashi “xavfsizlik va migratsiya to‘g‘risida”gi dekretni bir ovozdan ma'qullashdi. Bu haqda ANSA agentligi xabar bermoqda.

Mazkur dekret muhojirlarni mamlakatdan chiqarib yuborishni osonlashtiradi va ularni fuqarolikdan mahrum qilishga keng imkon beradi. Xususan, xalqaro terrorizmda ayblanayotgan shaxslarning fuqaroligini rad etish, shuningdek, giyohvand moddalar kontrabandasi, jinsiy zo‘ravonlik va jiddiy tan jarohati yetkazganlikda ayblangan muhojirlar uchun boshpana so‘rash ham ushbu dekret orqali taqiqlanadi.  

Mazkur qonun loyihasi tashabbuskori, bosh vazir o‘rinbosari va Italiya IIV rahbari Matteo Salvini hujjatning qabul qilinganini mamnuniyat bilan qarshi oldi. “Men baxtliman. Bu Italiyaning xavfsizligini ta'minlashda oldinga tashlangan yana bir qadamdir”, - deb yozdi u “Feysbuk”dagi sahifasida.

Italiya bosh vaziri Juzeppe Kontening ma'lum qilishicha, yangi dekret mamlakat qonunchiligini yanada samarali qiladi. Italiya parlamentida ushbu dekretni qonunga aylantirish uchun ovoz berishga 60 kun muddat bor.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid