O‘zbekiston | 19:21 / 24.09.2018
27176
9 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahri va viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritildi

Foto: KUN.UZ

Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar:

1. 4-bandda:

birinchi xatboshidagi «xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (bo‘linmasiga) (bundan buyon matnda XChKvaFRB deb yuritiladi)» degan so‘zlar «migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (bo‘linmasiga) (bundan buyon matnda MvaFRB deb yuritiladi)» degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

to‘qqizinchi — o‘n birinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«turar joyni yoxud uning bir qismini ijaraga olish yoki turar joydan yoxud uning bir qismidan tekin foydalanish to‘g‘risida notarial tasdiqlangan shartnomaning nusxasi.

Agar vaqtincha turgan joyi bo‘yicha hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaro (oila a'zolari bilan birga) turar joy mulkdorining (mulkdorlarning) yoki ushbu turar joyda doimiy yashayotgan shaxsning yaqin qarindoshi bo‘lsa, notarial tasdiqlangan turar joy yoxud uning bir qismidan tekin foydalanish shartnomasining nusxasini taqdim etish talab etilmaydi. Ushbu holatda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaroning va turar joy mulkdorining (mulkdorlarning) yoxud ushbu turar joyda doimiy yashayotgan shaxsning qarindoshligi darajasini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etilishi kerak. Bunda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaroning oila a'zolari (er, xotin, shuningdek, ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari, farzandlikka olinganlari) fuqaroning oila a'zolari ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilishlari kerak.

Agar vaqtincha turgan joyi bo‘yicha hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaro Toshkent shahar va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa hududlaridan xizmat safari, mehnat ta'tili, malakasini oshirish, davolanish munosabati bilan kelgan bo‘lsa, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda notarial tasdiqlangan turar joyning yoxud uning bir qismining ijara shartnomasining yoki turar joydan yoxud uning bir qismidan tekin foydalanish shartnomasining nusxasini taqdim etish talab etilmaydi.».

2. 7-bandning birinchi xatboshisidagi, 14-banddagi, 18-bandning birinchi xatboshisidagi, 20, 21-bandlardagi, 24-bandning birinchi, ikkinchi va yettinchi xatboshilaridagi, 30-banddagi hamda 1 — 9, 12 va 13-ilovalardagi «XChKvaFRB» qisqartmalari «MvaFRB» qisqartmalari bilan almashtiriladi.

3. 8-band:

birinchi xatboshidagi «XChKvaFRBning» qisqartmasi «MvaFRBning» qisqartmasi bilan almashtiriladi;

ikkinchi xatboshidagi «XChKvaFRB» qisqartmasi «MvaFRB» qisqartmasi bilan almashtiriladi.

4. 12-band quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

«12. TShIIB MvaFRB inspektori fuqaroga qayd varag‘i berishdan avval uning qidiruvda emasligini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (bundan buyon matnlarda IIV deb yuritiladi) Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi (bundan buyon matnlarda MvaFRBB deb yuritiladi) «Pasport-viza» avtomatlashtirilgan axborot tizimiga fuqaro haqidagi ma'lumotlarni kiritib, ularni tizim orqali avtomatik tarzda IIV Axborot markazining ma'lumotlar bazasidan tekshiradi.

Tekshiruv natijasi yuzasidan fuqaro qidiruvda bo‘lganligi holati aniqlangan taqdirda IIV Axborot markazi ushbu holat bo‘yicha IIV Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi va IIV MvaFRBBga xabar beradi.».

5. 13, 17, 19 va 21-bandlardagi «XChKvaFRBga» qisqartmalari «MvaFRBga» qisqartmalari bilan almashtirildi.

6. 15-banddagi «XChKvaFRBni» qisqartmasi «MvaFRBni» qisqartmasi bilan almashtirildi.

7. 16-bandda:

birinchi xatboshidagi «XChKvaFRB» qisqartmasi «MvaFRB» qisqartmasi bilan almashtirildi;

ikkinchi xatboshidagi «XChKvaFRBda» qisqartmasi «MvaFRBda» qisqartmasi bilan almashtirildi.

8. 25-banddagi hamda 12 va 13-ilovalarning izohidagi «XChKvaFRBda» qisqartmasi «MvaFRBda» qisqartmasi bilan almashtirildi.

9. 23-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

«23. Oxirgi hisobga olish rasmiylashtirilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida hisobga olishni qayta rasmiylashtirish masalasini ko‘rib chiqish fuqaroning vaqtincha yashab turgan joyidagi TShIIB MvaFRB tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun fuqaro qayd varag‘i muddati tugashidan kamida o‘n besh kun oldin vaqtincha yashab turgan joyidagi TShIIB MvaFRBga mazkur Yo‘riqnomaning 4-bandida nazarda tutilgan tegishli hujjatlar (ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan arizadan tashqari) bilan birga mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shaklda qayta hisobga olish to‘g‘risida ariza taqdim etadi.».

10. 26-band quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

«26. Fuqaro Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olingandan so‘ng TShIIB MvaFRB inspektori mazkur Yo‘riqnomaning 10-ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusxada fuqaroning kelish varaqasini to‘ldiradi hamda uning birinchi nusxasini bir sutka mobaynida Toshkent shahar IIBBning Manzil-ma'lumotlar byurosiga yuboradi. Kelish varaqalarining ikkinchi nusxasi va ularning ro‘yxati haftada bir marta tegishli TShIIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limiga (bo‘linmasi, guruhi) (bundan buyon matnda HPB deb yuritiladi) ishda foydalanish uchun yuboriladi.».

11. 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

«27. TShIIB MvaFRB inspektori vaqtincha hisobga olingan fuqaro haqida kelish varaqasidagi ma'lumotlarni kompyuter ma'lumotlar bazasiga kiritgandan keyin ularni real vaqt rejimida ma'lumotlarni uzatishning idoraviy tarmog‘i bo‘yicha IIV MvaFRBning markaziy ma'lumotlar bazasiga yuboradi.».

12. 28-band quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

«28. IIV MvaFRBB har oyda ma'lumotlarni uzatish idoraviy tarmog‘i bo‘yicha Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga qo‘yilgan fuqarolarning ro‘yxatlarini (elektron shaklda) ularning doimiy yashash joyi bo‘yicha tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB MvaFRBlariga yuboradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB MvaFRBlari fuqaroning doimiy yashash joyidagi TShIIB HPBga fuqaroning Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida hisobga olinganligi to‘g‘risida ma'lum qiladi.».

13. 29-band quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

«29. Har oy yakuni bo‘yicha turgan joyi bo‘yicha hisobga olingan fuqarolar to‘g‘risidagi ma'lumotlar keyingi oyning 3-sanasiga qadar TShIIB MvaFRB tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 11-ilovasiga muvofiq shaklda Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB MvaFRBga taqdim etiladi. Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB MvaFRB esa, o‘z navbatida, ma'lumotlarni jamlab har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar IIV MvaFRBBga taqdim etadi.

TShIIB MvaFRB berilgan qayd varaqlari soni to‘g‘risidagi ma'lumotlarni har oyda TShIIB HPBga taqdim etishi shart.».

14. 31-band quyidagi tahrirda bayon qilindi:

«31. IIV rahbariyati tomonidan tasdiqlangan reja-topshiriq asosida IIV MvaFRBB mas'ul xodimlari bir yilda kamida ikki marotaba Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB MvaFRBlar va TShIIB MvaFRBlari tomonidan fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha yashab turgan joyi bo‘yicha hisobga olish ishlarining ahvolini o‘rganib chiqadi va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi.».

15. 32-bandda:

ikkinchi xatboshidagi «XChKvaFRB» qisqartmasi «MvaFRB» qisqartmasi bilan almashtirildi;

uchinchi xatboshidagi «XChKvaFRBda» qisqartmasi «MvaFRBda» qisqartmasi bilan almashtirildi.

16. 33-band quyidagi tahrirda bayon qilindi:

«33. Qayd varaqlari blankalari TShIIB MvaFRBlari rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 13-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladigan Qayd varaqlari blankalarini kirim va chiqim qilish kitobiga qayd qilinib, ularning qat'iy hisobi yuritiladi hamda xizmatda foydalanish uchun TShIIB MvaFRB inspektoriga taqdim etiladi.

TShIIB MvaFRB inspektorlari xizmatda foydalanish uchun olgan qayd varaqlarini belgilangan tartibda saqlanishini ta'minlaydi.».

Mavzuga oid