Tramp Abe bilan muzokaralar mavzularini oshkor qildi
Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning aytishicha, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan mudofaa hamda savdo masalalarini muhokama qilishni rejalashtirgan. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozdi.
Amerika yetakchisining ta'kidlashicha, Yaponiya bosh vaziri bilan muzokaralar Nyu-Yorkdagi Trump Tower’da kechqurun bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan edi.
«Bugun kechqurun Yaponiya bosh vaziri Abe bilan uchrashaman. Biz harbiylar va savdo masalalarini muhokama qilamiz. Yaponiyaga yordam berish uchun ko‘p narsa qildik, endi nisbatan teng munosabatlarni ko‘rishni xohlaymiz. Bu ish beradi!», - deb yozgan Tramp.
Shuningdek, AQSh prezidentining xabar berishicha, Abeni saylovlardagi «ishonchli g‘alaba» bilan tabriklash niyatida.
Mavzuga oid
19:23 / 02.10.2023
Yaponiyada Abe o‘limi mojarosiga aloqador diniy firqa tarqatib yuboriladi
14:06 / 12.07.2022
Aziz Abduhakimov Sindzo Abe xotirasiga hurmat bajo keltirdi
12:37 / 12.07.2022
Abening o‘ldirilishi: gumonlanuvchi nima deydi va cherkovning bunga qanday aloqasi bor?
16:05 / 09.07.2022