Boş vazir örinbosari - turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov Yaponiyaning Özbekistondagi elçixonasida bölib, mamlakat sobiq boş vaziri Sindzo Abe xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Bu haqda vazirlik ma’lum qildi.

Sindzo Abe Yaponiya tarixida boş vazir lavozimida eng uzoq muddat faoliyat yuritgan va mamlakat rivojiga ulkan hissa qöşgan siyosiy arbob bölgan. Özbekiston va Yaponiya örtasidagi munosabatlarning mustahkam poydevorga ega bölişda ham uning xizmatlari katta. 
 
67 yoşida suiqasd qurboni bölib, vafot etgan Sindzo Abening vafoti munosabati bilan butun dunyodan hamdardlik bildirilmoqda.

8 iyul kuni Yaponiya sobiq boş vaziri Sindzo Abega suiqasd uyuştirildi. Hujumdan keyin u koma holatiga tuşdi va huşiga kelmasdan şifoxonada vafot etdi.

Politsiya suiqasd uyuştirişda gumonlanuvçining qölga olingani haqida xabar berdi. U Nara şahrida yaşovçi 41 yoşli sobiq harbiy bölib çiqdi. Voqea joyida unga tegişli qurol topilgan. Gumonlanuvçi Abening olib borgan siyosatidan norozi ekanini aytgan.

Sindzo Abe 2006-2007 va 2012-2020 yillarda Yaponiya boş vaziri lavozimida işlagan edi.