Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Rossiyada 52 million yevrolik investitsiyaviy shartnoma imzoladi
Andijon viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Rossiya davlatining bir qator shaharlarida bo‘lib, mahalliy kompaniya va ishbilarmonlar bilan viloyatga investitsiyaviy loyihalar olib kirish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Guruh a'zolari 23 sentabr kuni Stavropol o‘lkasida faoliyat yurituvchi “Ekokultura” korxonasi bilan Andijon viloyatida meva-sabzavot mahsulotlarini yig‘ish, saqlash va qayta ishlash hududiy logistika markazini bunyod etish borasida shartnoma imzolandi.




52 million yevro miqdorida investitsiya kiritilishi ko‘zda tutilgan mazkur loyiha orqali hududda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish uchun zamonaviy yuqori texnologik infratuzilma yaratiladi. Logistika markazining ishga tushirilishi orqali 300 nafar ishchi yaratiladi. Korxona yiliga 400 tonna mahsulot ishlab chiqarib, 70 million AQSh dollari miqdorida eksport qilishi ko‘zda tutilmoqda.
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Stavropol o‘lkasi gubernatori Vladimir Vladimirov bilan uchrashib, o‘zaro madaniy aloqalar, iqtisodiy va qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik qilish borasida kelishib oldilar.



O‘lkaning tadbirkorlar palatasida har ikki tomon ishbilarmonlarining muloqoti bo‘lib o‘tib unda “Ravon taraqqiyoti orzusi” korxonasi o‘zining poyafzal mahsulotlarini yetkazib berish uchun 1 million AQSh dollari miqdoridagi shartnoma imzoladi.
Andijon viloyat delegatsiyasining Rossiya davlatiga tashrifi davomida yana bir qator investitsiyaviy shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
16:44 / 29.06.2026
Andijonda Malibu piyodalar yo‘lidan o‘tayotgan uch kishini urib ketdi
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
09:15 / 13.06.2026
Davlat organi va bank tizimidagi korrupsiya holatlari aniqlandi
15:32 / 09.06.2026