Andijonda 4 nafar egizak – uç nafar öğil va bir qizaloq dunyoga keldi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Respublika ixtisoslaştirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialida 4 nafar egizak dunyoga keldi», deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, Andijon şahridagi «Ğayrat» mahalla fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi Odinaxon Muhammadjonova 2 iyun kuni köp homilalik taşxisi bilan mazkur muassasaga qabul qilinadi.

Oradan bir neça kun ötib, muddatidan ilgari tuğuruq taşxisi bilan kesarça kesiş amaliyoti bajarilgan.

Tuğuruq jarayoni filialning malakali akuşer-ginekolog, neonatolog va reanimatologlari tomonidan muvaffaqiyatli ötkazilgan.

  • Birinçi çaqaloq – öğil, vazni 2415 gr, böyi 44 sm.
  • Ikkinçi çaqaloq – öğil, vazni 1730 gr, böyi 37 sm.
  • Uçinçi çaqaloq – öğil, vazni 2405 gr, böyi 44 sm.
  • Törtinçi çaqaloq – qiz, vazni 1885 gr, böyi 39 sm.

Ayni paytda ona va çaqaloqlar ahvoli yaxşi, ular şifokorlar nazoratida.