Jahon | 20:20 / 25.09.2018
22930
2 daqiqa o‘qiladi

BMT Bosh Assambleyasi ishtirokchilari Trampning nutqini kulgi bilan qarshilashdi

AQSh prezidenti Donald Tramp BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida chiqish qildi. Trampning nutqi sessiya ishtirokchilarida yengil kulgi uyg‘otdi.

AQSh prezidenti o‘z chiqishini o‘z ma'muriyatining Oq uyda olib borayotgan faoliyatini maqtash bilan boshlagan. 

«O‘tgan ikki yilga yaqin muddat ichida mening ma'muriyatim mengacha bo‘lgan prezidentlarning ma'muriyatlaridan yaxshiroq natijalarga erishdi», degan u.

Shundan so‘ng zalda kulgi ko‘tarilgan.

«Bunday reaksiya kutmagandim. Lekin bu normal holat», deya xijolat bo‘lgan qiyofaga kirgan Tramp. U o‘zi prezidentlikka kelganidan keyin iqtisodiyotda o‘sish kuzatilgani, ishsizlik darajasi kamaygani va boshqa yutuqlarni sanay boshlagan.

Qayd etish kerakki, Tramp o‘z chiqishiga kechikib keldi. U Braziliya prezidentidan keyin ikkinchi bo‘lib nutq so‘zlashi kerak edi, ammo natijada tribunaga Ekvador rahbari Lenin Morenoni taklif etishdi.

Mavzuga oid