Fan-texnika | 20:23 / 26.09.2018
4645
8 daqiqa o‘qiladi

Huawei: Raqamli Markaziy Osiyoni barpo etish va intellektual jamiyat sari harakatlanish

Foto: Huawei

[Toshkent, 2018 yil 25-sentabr] Kecha Toshkentda «Huawei»ning Markaziy Osiyo Ikkinchi yillik Innovatsiyalar Kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbir «Taraqqiyot strategiyasi» markazi bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tdi va "Raqamli Markaziy Osiyo uchun innovatsiyalar" mavzusiga bag‘ishlandi. Turli mamlakatlar hukumat xodimlari, sanoat va ilmiy doira vakillarining qariyb 200 nafari raqamli infratuzilmaning iqtisodiy o‘sishga ta'siri, oddiy odamlar hayotini yengillashtirish va boyitish, innovatsion loyihalar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va umumiy muvaffaqiyat ekotizimini yaratish kabi mavzularni muhokama qilish uchun bir joyga to‘plandilar.

Dunyoning eng tez rivojlanayotgan bozorlaridan biri bo‘lmish Markaziy Osiyo sanoatdagi keskin raqamlashuv bilan to‘qnashmoqda, raqamli iqtisod esa kun sayin jadal rivojlanmoqda. O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi markazining direktori Akmal Burxonov mamlakatimizda sanoatning ayni damdagi holati haqida ma'ruza qildi.

Akmal Burxonov
Foto: Huawei

"Innovatsion kun"ning O‘zbekistonda o‘tkazilishi o‘z vaqtida bo‘ldi, deb aytish mumkin. Chunki, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan kuni kecha 2019−2021 yillarda mamlakatni innovatsion rivojlantirish strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ni tasdiqlandi. Uning asosiy maqsadi - mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligi darajasini va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish hisoblanadi. Bosh maqsadga erishishda strategiyaning asosiy vazifalari qatorida O‘zbekistonning 2030 yilga kelib Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish belgilandi. Ko‘plab ko‘rsatkichlarning mavjud emasligi va ishlar samarali muvofiqlashtirilmagani sababli mamlakatimiz so‘nggi yillarda nufuzli va obro‘li xalqaro tuzilmalar tomonidan tuziladigan Global innovatsion indeks reytingida ishtirok etmayotgan edi.  Shu munosabat bilan, yuqori martabali mehmonlar va nufuzli ekspertlar, mutaxassislar ishtirokida o‘tayotgan bugungi uchrashuv natijasida taqdim etiladigan qo‘shma loyihalar va yangi takliflar nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyo mintaqasining innovatsion rivojlanishiga katta turtki beradi, degan umiddamiz» , - deya ta'kidladi Akmal Burxonov.

Viktor Chjan
Foto: Huawei

Huawei katta vitse-prezident janob Viktor Chjan ham Markaziy Osiyoni raqamlashtirishga oid takliflar va tavsiyalarni o‘z ichiga olgan hisobotni taqdim etdi. Nutqida u Markaziy Osiyo davlatlari, keng polosali simli va mobil aloqa, jumladan, ularning telekommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, turli sohalardagi nosozliklarga chek qo‘yish, dasturiy ta'minotni ishlab chiqish (OTT) uchun har tomonlama ko‘mak va qo‘llab-quvvatlash bilan ta'minlash kerakligini ta'kidladi. Nazorat organlari yanada ko‘proq investitsiyalar jalb etish yo‘lida MBB operatorlari va OTT rivojlanishini rag‘batlantirish uchun yanada qulayroq siyosat olib borish zarur ekanligi haqida fikr bildirdi.

Janob Chjan ushbu yo‘nalishdagi asosiy omil sanoatning raqamlashtirilishi ekanligini ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, davlatlar turizm va transport kabi tarmoqlarga ustuvor ahamiyat berishlari kerak. Nihoyat, janob Chen davlatlarni "aqlli" hukumatni yaratish uchun asos bo‘lgan davlat organlaridagi ichki jarayonlarni imkon qadar erta raqamlashtirishga va keyinchalik asta-sekin shaharlarning elektron hukumatini joriy etishga o‘tishga chaqirdi. Ushbu sohalarda Huawei mahalliy operatorlar va hamkorlar bilan birgalikda ishlashga tayyor ekanligini va eng yaxshi yechimlarni topishga yordam berishini aytib o‘tdi.

Foto: Huawei

Huawei Innovatsiyalar kuni Markaziy Osiyodagi raqamli ekotizimni barpo etishga jalb qilingan asosiy manfaatdor tomonlar o‘rtasida keng qamrovli muloqotni amalga oshirish uchun platformaga aylanib ulgurdi. Bu yilgi tadbirda O‘zbekiston AKT vazirligi vakillari, O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Qozog‘iston axborot va kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Dinara SHCHeglova, Tojikiston Aloqa xizmatlari raisining birinchi o‘rinbosari Ilhomjon Atoyevlar ishtirok etdilar. Tadbir doirasida ishtirokchilar navbatdan tashqari davra suhbatida raqamli transformatsiya jarayonida hukumatlarning o‘rni va mavqei haqida fikr almashdilar.

Foto: Huawei

O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Huawei va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti birgalikda "O‘zbekistonda iqtidorli o‘quvchilarni tayyorlash dasturi" ni taqdim etdilar. Loyiha shartlariga ko‘ra, yaqin uch yil ichida Huawei kompaniyasi mazkur universitet bilan onlayn ta'lim orqali AKT sohasida tahsil oluvchi mingga yaqin yosh iqtidorli talabalarga bilim berishni yo‘lga qo‘yadi. Umuman olganda, "Kelajak nihollari" deb nomlangan loyiha sanoat va boshqa sohalarda elektron hukumatni va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, bulutli yechimlar, raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, raqamli iqtisodiyotni yaratishga hissa qo‘shish yo‘lida O‘zbekiston uchun yosh iste'dodlar bazasini barpo etishni maqsad qilib qo‘ygan.

Tadbirda so‘zga chiqqan boshqa ma'ruzachilar ham raqamli ekotizimni yaratish uchun o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar. Xususan, ular shu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi muassasa va idoralar, ya'ni Moskva SKOLKOVO boshqaruvi maktabi, Xitoyning YITU Technology va Yi-hualu kompaniyalari, shuningdek O‘zbekiston neft va gaz sanoati tashkilotlari, hamda telekommunikatsiya operatorlarini jalb qilish orqali "Sanoatlarni raqamlashtirishda yangicha siyosat va tartibga solish yo‘l-yo‘riqlari", "AKTning kelajak avlodlar rivojlanishidagi o‘rni va hissasi",  "Sun'iy aql asoslari", kabi yo‘nalishlarga katta urg‘u berdilar.

Foto: Huawei

2013 yildan boshlab Huawei Innovatsiyalar kunlari London, Milan, Myunxen, Parij, Singapur, Sidney, Kuala-Lumpur, Dubay va San-Paulu shaharlarida bo‘lib o‘tdi. Huawei ochiqlik, innovatsiya, hamkorlik va muvaffaqiyatlar sari harakatlanadi va ularni targ‘ib qiladi. Kompaniya barcha foydalanuvchilar uchun, ular qayerda bo‘lishidan qat'iy nazar - uydami yoki muassasadami, raqamli texnologiyalardan foydalanishning teng imkoniyatlarini yaratish uchun zarur sharoitlar yaratishga intiladi. 

Eslatma: Huaweining Markaziy Osiyo mintaqasi Turkiya, Ukraina, Belorus, Gruziya, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Mo‘g‘ulistonni qamrab oladi.

www.huawei.com/uz

www.linkedin.com/company/Huawei

www.twitter.com/Huawei

www.facebook.com/HuaweiUz 

www.google.com/+Huawei

www.youtube.com/Huawei

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid