O‘zbekiston | 21:09 / 26.09.2018
2450
2 daqiqa o‘qiladi

Inha universitetida tadqiqotlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Muzaffar Jalolov va Jon Makgregor

Inha universiteti (IUT)da YeXHT koordinatori Jon Makgregor va Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Jalolov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Muzaffar Jalolov universitet tarixi, barchasi qanday boshlangani va yaqin kelajakda nimalar rejalashtirilayotgani haqida qisqacha so‘zladi. Shuningdek universitetning to‘rt yil ichida erishgan yutuqlari haqida so‘z bordi. Jumladan, rektor talabalar uchun o‘quv dasturi, universitet qoshidagi tadqiqot markazi va tayyorlov kurslari haqida ma'lumot ulashdi. 

Uchrashuv davomida tomonlar universitetda tadqiqotlarni rivojlantirishga e'tiborni qaratish bo‘yicha qanday qilib samaraga erishish mumkinligi masalalarini muhokama qilishdi. Ta'lim va tadqiqotlarning butun mamlakat iqtisodiyoti o‘sishiga ta'siri mavzulariga to‘xtalib o‘tildi. 

Bundan tashqari, YeXHT tadbirida qanday qilib davlat-xususiy sektor hamkorligi mexanizmi orqali universitetga har tomonlama foyda keltirish mumkinligi haqida so‘z yuritildi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid