Janubiy Koreya prezidenti Toshkentdagi Inxa Universitetida bo‘ldi

Foto: Yonhap
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida Toshkent shahridagi Inxa Universitetida bo‘ldi. Oliy ta'lim muassasasidan Kun.uz'ga ma'lum qilinishicha, ularni Universitet rektori v.v.b. Muzaffar Jalolov kutib olgan.
Mun Chje In Universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi hamda ular oldida nutq so‘zladi. Janubiy Koreya prezidenti o‘z nutqida Toshkentdagi Inxa Universiteti va Janubiy Koreyadagi Inxa Universiteti bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilayotgan Teletibbiyot qo‘shma loyihasiga batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Koreya Respublikasi prezidenti barchaga bunday iliq qabul uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi va Universitetning keyingi rivojida katta muvaffaqiyatlar tiladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida ta'lim sohasidagi hamkorlik aloqalarining kengayishiga umid bildirdi.
Bugunga kelib Toshkentdagi Inxa Universitetida 1321 nafar talaba ta'lim oladi. Universitet bakalavriatning ikki yo‘nalishini taklif qiladi: kompyuter injiniring va logistika.
Ta'kidlash joizki, 2014 yildan to bugunga qadar OTM talabalari soni 10 baravarga oshgan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23
-
Leapmotor importiga ruxsat berildi, lekin shartlari bor
Iqtisodiyot | 22:54
-
Sumiga zarba: Moskva, Kiyev va Vashington nima dedi?
Jahon | 22:30
-
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
O‘zbekiston | 22:26
Mavzuga oid

18:28 / 08.04.2025
Janubiy Koreya chegarani kesib o‘tgan KXDR askarlariga qarata ogohlantiruvchi o‘t ochdi

18:13 / 08.04.2025
«Kalmar o‘yinlari» aktyori 1 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

17:06 / 07.04.2025
Janubiy Koreyada navbatdan tashqari prezidentlik saylovi belgilandi

20:01 / 02.04.2025