Jahon | 21:12 / 26.09.2018
5805
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada qirol kuyoviga chiqarilgan jazo hukmi o‘z kuchida qoldi

Foto: AP/ Joan Llado

Ispaniya oliy sudi Noos instituti bilan bog‘liq korruptsion ish bo‘yicha sudlanganlar – qirol Filipp VI’ning singlisi Kristinaning turmush o‘rtog‘i Inyaki Urdangarin va uning sobiq biznes-hamkori Diyego Torres advokatlarining da'vo arizasini qondirmadi. 

Sud 12 iyunda Noos korruptsion ishi bo‘yicha hukm chiqargan. Unga ko‘ra, bu ish bo‘yicha ayblanuvchi bo‘lgan Urdangaringa 5 yil 10 oylik qamoq jazosi chiqarilgan. Qirolning kuyovi shaxsiy manfaati yo‘lida xizmat mavqeidan foydalanish, firibgarlik, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, davlat mablag‘larini xarjlab yuborish bo‘yicha aybdor deb topilgan. Unga nisbatan avval qo‘yilgan davlat hujjatlarini qalbakilashtirish ayblovi bekor qilingan.

Urdangarin 18 iyundan boshlab turmada jazoni o‘tay boshlagan. Ayblanuvchilarning advokatlari Ispaniya oliy sudiga ishning to‘xtatilishi va hukmning bekor qilinishi bilan murojaat qilishgan. 

Biroq oliy sud ushbu ish bo‘yicha avvalgi chiqarilgan qarorni o‘zgartirish uchun yetarlicha asoslar topmagan.

Urdangarin va Torres egalik qilgan Noos instituti notijorat tashkiloti sport tadbirlarini tashkillashtirish bilan shug‘ullangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid