Ispaniya qiroli Felipe VI 25 fevralda Kataloniyaga taşrif buyurmoqçi. El Espanol naşrining ma'lum qilişiça, qirol Barselonada boşlanadigan Mobile World Congress körgazmasida taşkil etiladigan keçki taom tanovulida iştirok etadi. 

Ta'kidlanişiça, qirol Kataloniyada oxirgi marta 2017 yil avgustida bölgan va viloyatga mustaqillik referendumi vaqtida ham, undan keyin ham taşrif buyurmagan. 

2017 yil 1 oktabrda Kataloniya mustaqilligi uçun ötgan referendumda Ispaniyadan mustaqil böliş uçun 90,18 foiz saylovçi ovoz bergan.

Avvalroq Ispaniya iqtisodiyot vaziri Luis de Gindos Kataloniyaning mustaqil böliş istagi oqibatida yuzaga kelgan inqirozdan yöqotişlarni bir milliard yevroga  baholagandi.