Jahon | 21:57 / 17.05.2018
8417
2 daqiqa o‘qiladi

Kataloniyaning yangi rahbari Ispaniya qiroliga qasamyod keltirishdan bosh tortdi

Foto: Getty Images

Kataloniyaning yangi rahbari Kim Torra 17 may kuni o‘z lavozimini bajarishga kirishdi. U qasamyod keltirish vaqtida o‘z majburiyatlarini sidqidildan bajarishga va “Kataloniya xalqiga” sodiq bo‘lishga va'da bergan. Biroq Torra Ispaniya qirolini e'tiborsiz qoldirgan, deb xabar bermoqda La Vanguardia.

“Torra qasamyod keltirish vaqtida Ispaniya qiroli Filippe VI va ispan konstitutsiyasini eslab o‘tmadi”, deb aytilgan xabarda.

Ta'kidlanishicha, siyosatchining pidjaki yoqasida Kataloniya mustaqilligini qo‘llab-quvvatlovchi, hibsga olingan faollar va siyosatchilar bilan birdamlik ramzi sifatida sariq tasma to‘g‘nalgan bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, marosimda Ispaniya hukumati a'zolari bo‘lmagan.

Torra 14 may kuni Kataloniyaning 131-rahbari etib saylandi. U Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemonning yaqin do‘sti hisoblanadi. Torra saylov oldidan Puchdemonni Kataloniyaning “qonuniy rahbari” deb atab, saylanadigan bo‘lsa Kataloniya mustaqilligi uchun kurashni davom ettirishga va'da bergandi.

Mavzuga oid