Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chaqalog‘ini 5 million so‘mga sotishga urinib, keyin suddan qochib yurgan ayolga hukm o‘qildi
Surxondaryoning Angor tumanida o‘z farzandini 5 million so‘m evaziga sotishga uringan ayol sud qilindi.
Norasida chaqalog‘i uchun moddiy manfaat ko‘zlagan ayol bir oy davomida suddan qochib yurgan.
Ma'lum bo‘lishicha, xabarlarda ism-sharifi Nargiza Olimova deya qayd etilayotgan ayol 2018 yil 20 iyul kuni Angor tuman tug‘ruqxonasida o‘g‘il farzandni dunyoga keltiradi va moddiy daromad ilinjida chaqaloqni sotish payiga tushadi.
Shu tariqa, u o‘z maqsadini amalga oshirishga kirishib, 26 iyul kuni go‘dakni jarqo‘rg‘onlik (ism-shariflari o‘zgartirildi) J.Ruxsoraga 5 million so‘m va bir dona telefon apparati evaziga sotayotganida viloyat IIB JQB UJQKB va Angor tumani IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi. O‘ziga tegishli 1-1903-1801/66-sonli jinoyat ishi ko‘rilishi kerak bo‘lgan paytda esa u suddan qochib yurgandi.
O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismi «a» bandida ko‘rsatilgan jinoyatni qasddan sodir etgan ushbu ayolning jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudi tomonidan hukm o‘qildi.
Jinoyat ishlari buyicha Angor tuman sudi raisiga asoslanib, jurnalist M.Eshmirzayeva xabar qilishicha, ayblanuvchiga JKning 57-moddasi bilan 5 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 72-moddasi qo‘llanilib, ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartliga almashtirilib, 2 (ikki) yil sinov muddati belgilandi.
Uning oylar davomida tuman perinatal markazida saqlanib kelingan chaqalog‘i Angor tuman XTBga qarashli vasiylik va homiylik organi ixtiyoriga topshirilgan.
Mavzuga oid
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026
3 kishini piyodalar yo‘lagida urib yuborib, ochiqda qolgan ayol qo‘shmachilik ustida ushlandi
13:12 / 18.05.2026
“Drujba”da yongan Zeekr voqeasi: sud avtomobil egasi foydasiga 450 mln so‘m undirishni belgiladi
12:00 / 15.05.2026