Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 9 o‘quvchining qotili qatl etildi
Xitoy oliy sudi 9 nafar maktab o‘quvchisini o‘ldirgan qotilni qatl etishga ruxsat berdi. Bu haqda Yuylin shahri o‘rta pog‘ona sudi ma'lum qildi.
28 yoshli qotil Chjao Tszeveyga iyulda chiqarilgan o‘lim jazosi hukmi 27 sentabr ertalab ijro etilgan.
Yuylin okrugining Michji uyezdidagi fojia joriy yilning 27 aprelida sodir bo‘lgan. Hanjar bilan qurollangan Tszevey maktabdan uylariga qaytayotgan o‘quvchilarga hujum qilgan. Hujum oqibatida 9 o‘quvchi halok bo‘lgan, 12 bola yaralangan.
Jinoyatchi darhol qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, qotil avval qurbonlari o‘qigan maktabda o‘qigan. U so‘roq vaqtida maktabda o‘qigan kezida sinfdoshlari tomonidan xo‘rlangani uchun alamini olmoqchi bo‘lgani va shu sababli birinchi duch kelgan o‘smirlarga hujum qilganini tan olgan.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026