O‘zbekiston | 12:38 / 27.09.2018
13387
3 daqiqa o‘qiladi

Milliy gvardiya bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritiladi

Foto: KUN.UZ

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i loyihasi joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga tanlash va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:

1. 1-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:

«Tanlovda ishtirok etish istagi bo‘lgan fuqarolar tomonidan, qoida tariqasida doimiy yashash joylari bo‘yicha Milliy gvardiya bo‘linmalariga murojaat etiladi.».

2. 4-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«4. Milliy gvardiya bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilishda nomzod bo‘yining balandligi quyidagi maxsus antropometrik parametrlarga javob berishi talab etiladi:

Faxriy qorovul va boshqa bo‘linmalarga – 185 santimetrdan past bo‘lmasligi;

Otliq askarlar eskadroniga – 175 santimetrdan past bo‘lmasligi.».

3. 5-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«5. Mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan maxsus talablarga javob bermaydigan ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan fuqarolar, tor ixtisoslik bo‘yicha mutaxassislar, shuningdek sportning alohida turlari bo‘yicha respublika yoki xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilar hamda sport ustalari istisno tariqasida Milliy gvardiya bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinishiga ruxsat etiladi.».

4. 21-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:

«Harbiy-professional tanlashdan o‘ta olmagan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichiga qo‘yilmaydi.».

5. 30-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«30. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinovda qoniqarsiz deb baholangan nomzod, harbiy-professional tanlashning keyingi bosqichiga qo‘yilmaydi.

Nomzod, umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash mashqlarini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 3 marotaba qayta topshirishi mumkin, biroq sinov bo‘lib o‘tgan kunning o‘zida qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.».

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid