7 sentabr kuni Özbekiston va Rossiya Boş vazirlari Abdulla Aripov va Dmitriy Medvedev tomonidan imzolangan Özbekistonda atom elektr stansiyasi (AES)ni qurişga doir hukumatlararo hujjat tomonlarning mamlakatda birinçi AESni loyihalaştiriş, quriş, işga tuşiriş va ekspluatatsiya qiliş böyiça erişilgan kelişuvlarini rivojlantiriş yölidagi navbatdagi qadam böldi. Mamlakatning atom energetikasini rivojlantirişga doir sa'y-harakatlariga qaramay, energetik kompleksni rivojlantirişda köproq qayta tiklanuvçi energiya manbalari, xususan quyoş energetikasiga köproq urğu beriş kerakligiga doir fikr-mulohazalar yetarliça. Bunday yondaşuv tarafdorlari eng avvalo Özbekistonning serquyoş ölka ekanligi va bundan foydalanib qoliş kerakligini sabab sifatida keltirişadi.

Aslida esa quyoş va atom energetikasini bir-biriga qarşi qöyiş töğri emas. Ular bir-biriga raqib emas, uglerodsiz energiya muvozanatining bir-birini töldirib turuvçi elementlaridir. Biz şunday muvozanat sari harakat qilişimiz kerak, zero 2017 yilning aprelida Özbekiston iqlim böyiça Parij şartnomasini imzolagan va endi atmosferaga çiquvçi CO2 çiqindilarini kamaytiriş yönalişida iş olib borişi tabiiy. Quyoş energetikasi ham, AES ham "yaşil" energiya hisoblanadi - ularni rivojlantiriş orqali global isişga qarşi samarali kuraşiş mumkin. Quyoş generatsiyasiga oid ma'lumotlar u qadar köp emas, zero elektr energiya olişning bu usuli hali rivojlaniş bosqiçida. AES ekspluatatsiyasiga doir tajriba esa yetarliça - Yevropadagi atom stansiyalari har yili 700 million tonna CO2 emissiyasini çetlab ötiş imkonini beradi, Yaponiyada esa bu körsatkiç 270 million tonna CO2'ni taşkil qiladi. RFdagi AESlar yiliga 210 million tonna karbonad angidridning atmosferaga çiqişi oldini oladi va mamlakat bu körsatkiç böyiça jahonda törtinçi örinda turadi.

Quyoş energiyasining qayta tiklanişdan taşqari boşqa köplab ijobiy tomonlari ham bor - yurtimizda quyoşli kunlarning köpligi, şovqin yöqligi, tejamkorlik va ekspluatatsion xarajatlarning yuqori emasligi. Biroq xarajatlarning tejamli ekanini his qiliş uçun dastlab uyni quyoş panellari bilan jihozlaş kerak, bu esa uşbu bosqiçda muayyan çiqimlarni keltirib çiqaradi. Şuning uçun quyoş energetikasi faol rivojlantirilayotgan mamlakatlarning aksariyatida, masalan, Germaniyada davlatning quyoş generatsiyasiga ötayotganlarni qöllab-quvvatlaşga yönaltirilgan maxsus dotatsion dasturlari mavjud. Darhaqiqat, quyoş nurini elektr tokiga aylantiruvçi quyoş batareyalari va gelioqurilmalar, ya'ni quyoş panellari komplektlari sekin-asta arzonlaşib bormoqda. Bu butun dunyo böylab quyoş energetikasini rivojlantirişga doir ilmiy-texnik tadqiqotlarni moliyalaştiriş kuzatilayotgani va narxni pasaytiriş ustida yuzlab olim va muhandislarning iş olib borayotgani bilan izohlanadi. Umuman olganda, sönggi 45 yilda uning bahosi pasaygan, masalan, quyoş batareyalari yordamida işlab çiqariluvçi 1 kVt.s energiyaning tannarxi 1970-yillarda taxminan 60 dollarni taşkil qilgan bölsa, 2015 yilda uning narxi 0,2-0,3 dollarni taşkil qildi.
Endi inobatga oliş kerak bölgan salbiy jihatlar haqida söz yuritadigan bölsak, quyoş energiyasi eng avvalo bugungi kunda sanoat uçun zarur bölgan uzluksiz elektr energiyasini yetkazib bera olmaydi, çunki quyoş yil böyi uzluksiz nur soçib turmaydi. Albatta, olimlar tomonidan allaqaçon quyoş energiyasini töplovçi va uni olişdagi beqarorlikni qisman bartaraf etuvçi akkumulyator batareyalari ixtiro qilingan, biroq ularning narxi baland ekanini unutmaslik kerak.

Özbekistonda elektr energiya iste'moli barqaror ösib bormoqda, bu iqtisodiyot va sanoatning rivojlanayotgani, şuningdek elektr energiya va issiqlik mamlakatning çekka hududlariga ham yetkazilişi kerakligi bilan boğliq, albatta. Ma'lumotlarga köra, 2006 yilda respublikaning elektr energiyasiga bölgan talabi 49,3 milliard kVt.s'ni taşkil qilgan bölsa, 2017 yilda bu körsatkiç deyarli 20 foizga - 60,7 kVt.s'ga ösgan, bu esa 2030 yilga borib 117 milliard kVt.s'ga yetişi mumkin degani.
Agar Özbekiston iqtisodiyoti, xususan sanoat, qişloq va uy-joy kommunal xöjaligining ayni damdagi rivojlaniş suratlari saqlanib qoladigan bölsa, u holda elektr energiya iste'moli ösişda davom etadi. Ta'kidlaş joizki, quyoş generatsiyasini keng kölamda tarğib qiliş imkoniyatlari nafaqat ularni örnatiş narxi, balki böş maydonlar tomonidan ham çeklangan. Quyoş nurlaridan 1 kVs elektr energiyasini işlab çiqariş uçun salmoqli darajadagi quyoş panellari maydoni talab etiladi, qança köp quyoş paneli örnatilsa, şunça kuçli quyoş elektr stansiyasiga ega bölasiz.
Quyoş energiyasi qöllanuvçi tarmoqlar yetarliça ekaniga qaramay, u hozirça köproq qandaydir mahalliy vazifalarni bajarişda kömak bermoqda. Masalan, alohida binolar yoki markaziy elektr energiya ta'minotiga ulanmagan kiçik aholi punktlari quyoş panellari bilan ta'minlanadi.
Şunday ekan, mamlakat iqtisodiyoti va sanoatini rivojlantiriş uçun zarur bölgan bazaviy energotizimni quyoş generatsiyasi bilangina ta'minlab bölmaydi, ayniqsa, bugun Özbekiston öz oldiga qöygan maqsad va vazifalarni amalga oşirayotgan bir davrda.
Atom elektr stansiyalari esa bu borada aniq ustunlikka ega - bu barqaror, işonçli va narx jihatidan hamyonbop energiya manbai. U yoqilği narxiga kuçli tobe' bölmaydi, zero atom generatsiyasida uranning tannarxi uluşi atigi 4-5 foizni taşkil qiladi, şunday ekan, uran narxining özgarişi oxir-oqibat elektr energiyaning narxiga deyarli ta'sir körsatmaydi. Hozirgi bosqiçda elektr energiyani muqobil energiya manbalaridan köra atom stansiyalarida işlab çiqariş ança arzonga tuşadi. Quyoş generatsiyasi orqali olingan elektr energiyasi narxi kelgusida qanday bölişini esa taxmin qiliş qiyin. Uglerod generatsiyasi narxini ham prognoz qiliş murakkab, çunki taxminan 10 yildan keyin tabiiy gaz bahosi qança bölişini heç kim bilmaydi. AES esa köp yillar davomida arzon va barqaror elektr energiyasini kafolatlaydi. Bu esa milliy sanoat barqaror rivojining muhim şartlaridan biridir.
Şunday ekan, atom va quyoş energetikasi örtasidagi tanlov muammosi bölişining özi notöğri. Köplab mamlakatlar energiya tizimi transformatsiyasi buni tasdiqlaydi. Xususan, Özbekiston kabi quyoş energetikasini rivojlantiriş salohiyati yuqori bölgan BAA, Misr, Saudiya Arabistoni, Iordaniya kabi qator mamlakatlar tobora köproq yadroviy energetika rivojiga e'tibor qaratişmoqda. Hatto dunyoning eng yirik iqtisodiyotlaridan biri hisoblangan va nafaqat qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantirayotgan, balki quyoş panellarini ham işlab çiqaruvçi Xitoy ham atom energetikasini faol rivojlantirmoqda.
Lola Raxmanbayeva












