Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 08:05 / 14.07.2025
2092
3 daqiqa o‘qiladi
Infratuzilma obektlarini qurishda muqobil energiya vositalari joriy etiladi
"Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obektlari qurilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlashda quyidagi ustuvor yo‘nalishlar inobatga olinadi:
- maxsus iqtisodiy va sanoat zonalariga yer maydoni ajratish va mavjudlarini kengaytirishda hududning infratuzilma bilan ta’minlash imkoniyatlarini chuqur o‘rganish;
- ishlab chiqarish quvvatlarini birinchi navbatda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasiga ega bo‘lgan hududlarda joylashtirish;
- infratuzilma obektlarini qurishda ilg‘or xorijiy tajribalardan keng foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalar va muqobil energiya vositalarini joriy etish choralarini ko‘rish;
- to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni rag‘batlantirish maqsadida zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini davlat hisobidan ta’minlashga ajratilgan mablag‘lar miqdorini oshirib borish;
- infratuzilma obektlarini loyihalashtirish va qurishda «yashil infratuzilma» loyihalari va iqlim o‘zgarishi omillarini inobatga olish.
Shunday tartib o‘rnatiladiki:
- yangi maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari faqat infratuzilma mavjud bo‘lgan yoki tegishli infratuzilma bilan ta’minlash iqtisodiy asoslangan, moliyaviy va ijtimoiy samaradorligi hisoblangan biznes-rejasi mavjud bo‘lgan holda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarida tashkil etiladi;
- yer maydonlari ajratilib, hududning bosh rejasi va master rejasi ishlab chiqilganidan so‘ng, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obektlari maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarining chegarasigacha qurib beriladi;
- maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida investitsiya loyihalari birinchi navbatda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasiga ega bo‘lgan hududlarda joylashtiriladi;
- maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarda energiya tejamkor texnologiyalar, muqobil energiya vositalarini o‘rnatish va «yashil infratuzilma» loyihalarini joriy etish asosida energiya resurslari iste’molini tejash choralari ko‘riladi;
- maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida joylashtirilgan obektlarga elektr energiyasini uzatishni uzib qo‘yish yoki cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi, elektr energiyasi uchun qarzdorlik holatlari bundan mustasno;
- obektlarni loyihalashtirishda zamonaviy standartlarni keng joriy qilish, jumladan, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan, ekologik toza va energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan qurilish materiallaridan foydalanish inobatga olinmagan obektlar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilmaydi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
08:21 / 20.05.2026
Dunyodagi eng yirik elektr energiyasi manbalari reytingi
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:45 / 21.04.2026
Samarqandda mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi
09:35 / 01.04.2026