Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp va Kim Chen In uchrashishi mumkin bo‘lgan joylar bo‘yicha taxmin bildirildi
Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan navbatdagi uchrashuvni rejalashtirayotganini ma'lum qilgandan keyin Yaponiya va Janubiy Koreya OAVda ikki yetakchi uchrashishi mumkin bo‘lgan joylar bo‘yicha turli taxminlar bildirila boshlandi. Taxminlarga ko‘ra, uchrashuv oktabrda Pxanmunchjom, Seul yoki Venada bo‘lib o‘tishi mumkin.
Yaponiyaning “Yemiuri Simbun” nashri fikricha, uchrashuv Janubiy va Shimoliy Koreya chegarasidagi Pxanmunchjom aholi punktida o‘tishi ehtimoli katta. Biroq nashrning yozishicha, Janubiy Koreya hukumati AQSh-Shimoliy Koreya sammiti Seulda o‘tishiga umid qilmoqda. Bu uchrashuvni uch tomonlama formatda o‘tkazishga hamda Tramp va Kim Chen In o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli kechsa, Koreya yarimorolidagi urushning rasman tugatilgani haqidagi kelishuvni imzolashga imkon beradi. Ammo nashr Kim Chen In uchrashuvning Seulda o‘tishiga rozi bo‘lishi dargumonligini qo‘shimcha qilmoqda.
Bu orada Janubiy Koreya OAV sammit o‘tkaziladigan joy sifatida Vena va Jyeneva faol muhokama qilinayotganini yozmoqda. Bu joylar Kim va Tramp nuqtai nazaridan neytral maydonchalar hisoblanadi.
Avvalroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo uchrashuvning aniq joyi va vaqti hali belgilanmagani, biroq u “oktabrda yoki keyinroq o‘tkazilishi mumkinligini” aytgan.
Mavzuga oid
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026
Kim Chen In yana KXDRda eng oliy lavozimga saylandi
16:31 / 25.02.2026