Jahon | 20:44 / 27.09.2018
10235
4 daqiqa o‘qiladi

Tug‘ilgan kuning bilan BackRub yoxud 20 yoshga to‘lgan Google haqida qiziqarli faktlar

Bugun Google kompaniyasi tashkil etilganligiga 20 yil to‘ldi. Ushbu kompaniya qiziqarli tarix va shonli bugunga ega. Quyida Google haqidagi ajoyib ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

1. Google servisi dastlab BackRub deb nomlangan. Keyinroq kompaniya asoschilari Larri Peyj va Sergey Brin uning nomini yuzta noldan iborat sonni ifodalovchi Googol so‘zi bilan almashtirishgan. Kompaniyaning ilk investori bu so‘zni adashib Google deb yozib qo‘ygani sababli bankdagi pulni olish uchun kompaniya Google nomi ostida ro‘yxatdan o‘tgan.

2. Google internet olamida ulkan o‘ringa ega. Kompaniya nufuzi qay darajada ekanligi 2013 yil 16 avgustda ma'lum bo‘lgan. O‘sha kuni Google’ning barcha servislari 5 daqiqacha ishlamay qolgan va jahondagi internet trafigi shu zahoti 40%ga pasaygan. 

3. Google asosan reklamadan daromad topadi. 2017 yilda kompaniya reklamadan 72 mlrd dollar pul ishlagan.

4. Google Earth ilovasi orqali sayyoramizning barcha burchaklarini o‘rganish mumkin. Google Sky bilan esa foydalanuvchilar koinot va yulduzlar turkumlarini tadqiq qila oladilar.

5. Google ofislarida har bir xodim o‘tiradigan joy bilan taom bor joy orasidagi masofa 60 metrdan oshmaydi. Grinning fikricha, xodimlar ora-orada biror shirin narsa tanovul qilsa ularning ish samaradorligi oshadi.

6. Google echkilarni ijaraga oladi. Atrof-muhitga kamroq zarar yetkazish maqsadida kompaniya hovlisida o‘sib ketgan maysalarni qirtishlash uchun 200ta echki va cho‘pon xizmatidan foydalaniladi.

7. Google ofisiga kuchuklar bilan kelish mumkin. Kompaniyaning barcha xodimlari ishga uylarida boqayotgan itlarini olib kelishlari mumkin. Bu jonivorlarga kompaniyaning «itlar bilan ishlash» bo‘limi xodimlari qarab turadi.

8. Google’ning birinchi serveri Lego Duplo detallaridan qurilgan. Mana endi nima uchun kompaniya logotipi har xil ranglardan iborat ekanligini bilib oldingiz.

9. Peyj va Brinning shaxsiy samolyotlari NASA uchish-qo‘nish maydonlaridan foydalanishi mumkin. Umuman olganda, NASA o‘z maydonlaridan shaxsiy samolyotlar foydalanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ammo Peyj va Bringa bu mumkin. Chunki NASA bortlarida Google ilmiy qurilmalaridan foydalaniladi.

10. Google o‘z xodimlari oilasi haqida ham qayg‘uradi. Kompaniya xodimi vafot etsa, uning qarindoshlari 10 yil davomida xodim bir yillik daromadining 50%ini olishadi. Bunda xodimning kompaniyada qancha vaqt ishlaganligining qizig‘i yo‘q.

11. Google o‘z dinozavriga ega. Googleplex shtab-kvartirasi qurilishi vaqtida ishchilar tirannozavrning toshga aylangan qoldiqlarini topishgan. Keyinchalik bu skelet kirish eshigi oldiga o‘rnatilgan. Internet o‘chib qolganida brauzekrda aynan o‘sha tirannozavr tasviri paydo bo‘ladi.

12. Google asoschilari 1999 yilda kompaniyani Excite kompaniyasi rahbariga million dollarga sotib olishni taklif qilishgan. Keyinroq narxni 750 ming dollargacha tushirishgan, ammo Jorj Bell uni sotib olishga ko‘nmagan. Hozirda esa Google 837 milliard dollarga baholanmoqda.

13. Google dizayni o‘ta soddaligiga sabab kompaniya asoschilarining HTML dasturlash borasida bilimga ega bo‘lishmaganidir. O‘sha davrdan buyon sayt dizayni deyarli o‘zgarmay kelmoqda.

14. 2004 yilda Google aksiyalarining bir qismini birjada sotib, jamoatchilik kompaniyasiga aylangan. O‘sha kuni kompaniyaning 1000ga yaqin xodimi millionerga aylangan. 

15. Google raqobatchisi bo‘lgan Mozilla kompaniyasi Firefox brauzerida Google qidiruv tizimini joylashtirgani uchun o‘z raqobatchisidan yiliga 300 mln dollar oladi. 

Mavzuga oid