10:10 / 28.09.2018
3940

Abdulaziz Komilov MDH TIVK majlisida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 2018 yilning 27 sentabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: TIV axborot xizmati

MDH ishtirokchi davlatlari TIV rahbarlari 27-28 sentabr kunlari Tojikiston poytaxtida bo‘ladigan MDH Sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning amaliy jihatlarini muhokama qildilar.

Majlisda kun tartibining hamda davlat rahbarlari imzolashi uchun kiritiladigan hujjatlarning loyihalari ko‘rib chiqildi va kelishildi.

Tadbirda xalqaro kun tartibining va MDH formatida hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Top