Jamiyat | 10:45 / 28.09.2018
13947
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda qaynotasini qaychi bilan jarohatlagan ayol ushlandi

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, shu yil 25 sentabr kuni “H.Olimjon” MFYda yashovchi L.T. ismli ayol uyida o‘zaro janjal oqibatida birga yashovchi qaynotasi A.R.ga qaychi bilan jarohat yetkazgan. Natijada A.R. kasalxonaga yotqizilib, L.T. qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid