Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti uchun o‘tkaziladigan tanlovning tuman bosqichlari boshlandi
Tanlovning tuman va shahar bosqichlari shu yilning sentabr-oktabr oylarida mamlakatimizning barcha tuman (shahar)larida bo‘lib o‘tadi va 25 oktyabrga qadar davom etadi.
Qayd etish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, bu yilgi mukofotni topshirishda bir qancha yangiliklar joriy qilindi.
Jumladan bu gal mukofot ta'lim, fan, adabiyot, madaniyat, san'at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan, har bir viloyatdan ikki nafardan iqtidorli qizlarga berilishi belgilandi.
Shu bilan birga umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari bo‘lgan o‘quvchilari oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga, bakalavriat talabalari esa oliy ta'lim muassasalarining magistraturasiga tegishli yo‘nalish va ixtisoslik bo‘yicha kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinishi belgilandi.
Shuningdek, joriy yilgi tanlovda ishtirokchilarning yosh chegarasi 22 dan 30 yoshgacha uzaytirildi, ya'ni bu fan-ta'lim sohasida ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanayotgan olima qizlar uchun keng imkoniyatlarni yaratib beradi.
Bugungi kunga kelib Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan iste'dodli qizlarimiz jami 283 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 66 nafari adabiyot (23%), 64 nafari madaniyat (23%), 57 nafari san'at (20%), 45 nafari ta'lim (16%), 26 nafari fan (9%), 24 nafari sport (8%) va 1 nafari jamoatchilik yo‘nalishlari bo‘yicha ushbu mukofot bilan taqdirlanganlar.
Mavzuga oid
21:18 / 03.03.2026
Zulfiya mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi
18:16 / 14.09.2025
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi yana bir yo‘nalish uchun «Zulfiya» mukofotini berishni taklif qildi
17:07 / 16.03.2025
“Prezident ishonch bildirgan talaba” - transport vazirining 24 yoshli yordamchisi Kamola Irisqulova hikoyasi
20:33 / 04.03.2024