Sport | 23:27 / 29.09.2018
11596
2 daqiqa o‘qiladi

APL. «Chelsi» «Liverpul»ga qarshi o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Angliya Premer-Ligasi 7-turidan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi. 

«Chelsi» o‘z maydonida «Liverpul»ni qabul qildi. Keskin kurashlarga boy tarzda o‘tgan o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi. 

Hisob 25-daqiqada Eden Azar tomonidan ochildi. Bu natija so‘nggi daqiqalargacha saqlanib turdi. 89-daqiqada Starrij uzoq masofadan chiroyli zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi. 

Bu natijadan so‘ng, «Chelsi» 17 ochko bilan 3-o‘rinda, «Liverpul» esa 19 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.  

APL, 7-tur
Chelsi – Liverpul 1:1 

29 sentabr, «Stemford Brij» stadioni
Gollar: 1:0 – 25 Azar, 1:1 – 89 Starrij. 
Chelsi – Arrisabalaga, David Luiz, Alonso, Aspilikueta, Ryudiger, Jorjino, Kante, Villian (Mozes, 73), Kovachich (Barkli, 81), Azar, Jiru (Morata, 65).
Liverpul – Alisson, van Deyk, Robertson, Aleksander-Arnold, Gomes, Xenderson (Keyta, 78), Veynaldum, Milner (Starrij, 86), Mane, Saloh (Shakiri, 66), Firmino.
Ogohlantirishlar: Mane (39), Milner (77).

Mavzuga oid