Bo‘lajak chempionlar uchun navbatdagi sport bayrami
Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bolalar va yoshlar o‘rtasida sport turlarini keng ommalashtirish hisoblanadi. Ayniqsa, imkoniyati cheklangan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar uchun tashkil etilayotgan sport musobaqalari bo‘lajak jahon chempionlarining yetishib chiqishi uchun asos bo‘lmoqda.
Joriy yilning 29 sentabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda “Mo‘'jizalar davri” ko‘ngilli yoshlar jamoasi tomonidan bir qator tashkilotlar homiyligida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan maxsus maktab internatlari va mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun “Ashxobod” sayilgohi sport maydonchasida xayriya sport tadbiri tashkil etildi. 7 ta maxsus maktab internati tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida o‘tkazilgan futbol turnirida jami 450 nafar yoshlar ishtirok etishdi.
Xayriya sport tadbiri davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda “Lokomotiv” futbol jamoasi futbolchilari ishtirokida bo‘lajak chempionlar uchun mahorat darslari ham tashkil etildi.
Shuningdek, bolajonlar uchun fokuschi va animatorlar tomonidan tayyorlangan ajoyib chiqishlar va turli madaniy tadbirlar ham loyihaning yanada maroqli o‘tishiga xizmat qildi.
Jamoalar o‘rtasida tashkil etilgan futbol musobaqalari ham juda qizg‘in va shiddatli lahzalarga boy bo‘ldi. Ikki yosh kategoriyasida tashkil etilgan o‘yinlarda g‘oliblar hakamlar tomonidan aniqlab berildi.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
1-o‘rin Toshkent shahridagi 23-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari jamoasi;
2-o‘rin Toshkent shahridagi 30-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari jamoasi;
3-o‘rin Toshkentning “Lokomotiv” sport klubi havaskor jamoasi.
Katta yoshdagi bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 15-sonli maxsus maktab internati jamoasi;
2-o‘rin Toshkent shahridagi 23-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari jamoasi;
3-o‘rin Toshkent shahridagi 102-sonli maxsus maktab internati o‘quvchilari jamoasiga nasib qildi.
Xayriya tadbiri yakunida sportning futbol turi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan jamoalar va tashrif buyurgan ishtirokchilarga homiylar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mavzuga oid
19:50 / 05.03.2019
Samarqanddagi maktab-internat ishi: 8 yilga qamalgan direktor sud zalidan ozodlikka chiqarildi, lekin u oqlanmagan
18:27 / 15.02.2018
2017 yilda yosh sportchilarimiz xalqaro arenalarda 247ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
13:04 / 31.08.2017
«Farzandim - chempion» yoxud bolalar sportiga asoslangan tadbirkorlik bozori
15:30 / 10.07.2017