Kiçik Joui Eraçining xonasida önga yaqin kuboklar va u öynagan jamoa logotipi tuşirilgan beysbolkalar mavjud. U yaşaydigan uyning hovlisida 15 ming AQŞ dollari evaziga qad kötargan maxsus beysbol bilan şuğullaniş maydonçasi bölib, unda Joui soatiga 100 AQŞ dollar haq bilan işlaydigan şaxsiy murabbiyi bilan şuğullanadi. Instagram tarmoğida Joui Beysbol taxallusi bilan maşhur bölgan bolakayni 26 ming kişi kuzatib boradi. Şaharçada ham uni köpçilik taniydi, ammo Joui dastxat bera olmaydi, çunki u endigina 10 yoşni qarşiladi va dastxat berişni bilmaydi.
Ota-onalar, farzandining tezroq ğalabaga erişişi, qolgan tengdoşlaridan ustunligini köriş uçun, daromadining katta qismini bolalar sportiga sarflaşi faqat AQŞda emas, balki butun dunyo böylab kuzatilayotgan holatdir. Bolalar futbol jamoasi, sport akademiyasi - bularning barçasi ota-onaning e'tibori uçun kuraşmoqda hamda farzandining sport yönalişida porloq kelajagi borligiga işonadi.
Eraçining oilasidagilar Jouining sport bilan şuğullanişi uçun deyarli 30 ming AQŞ dollari sarflab böldi. Ikki nafar kiçik sportçining onasi haftasiga uç marta, bir yarim soatdan maşğulotlar zalida farzandlarini kutib ötirişini aytib ötgan. Time naşrining yozişiça, farzandining kamoli uçun barça xarajatlarga tayyor ota-ona şakllanib borayotgan bolalar sporti körinişidagi tadbirkorlik faoliyatiga katta hissa qöşmoqda. WinterGreen Research marketing kompaniyasining olib borgan izlanişlaridan ma'lum böldiki, bolalar sporti va uning atrofidagi kiçik tarmoqlar, şaxsiy murabbiydan tortib, maxsus smartfon ilovasi hamda öyinlarni jonli translyatsiya qilişlar umumiy hisobda 15,3 milliard AQŞ dollari miqdoridagi katta bozorni yaratdi.
Şiddat bilan rivojlanib borayotgan bolalar sporti biznesi mahalliy iqtisodiyotga ijobiy ta'sir körsatadi. Ayrim yoş sportçilarning raqobatga kirişib, kuraş maydoniga erta çiqişi yakunda çinakam yengilmas sportçi tarbiyalanişiga zamin yaratadi. Şuningdek, bolalar mamlakatning turli hududlarida bölib, çet el safarlariga ham otlanadi. Bu bilan ular ulkan tajribaga ega bölib borişi tayin.
Şunga qaramay, kişini taşvişga soluvçi omillarga ham e'tibor qaratiş lozim. Birinçidan, bolaning sport bilan şuğullanişi köp mablağ talab qila boşladi, bu esa örtamiyona hayot keçirayotgan oila farzandining jismoniy tarbiya maşğuloti bilan çeklanib qolişga majbur qilmoqda. Ikkinçidan, iqtidorining vaqtli kaşf etilmagani bola psixologiyasiga salbiy ta'sir körsata boşlaydi. Qolaversa, sportda muvaffaqiyatlarga erişa boşlagan yoş öquvçi maktabdagi ta'limga, umuman ilm olişga nisbatan özida rağbat sezmaydi.











