Jizzax şahrida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ixtisoslaştirilgan maktab-internat taşkil etiladi. Bu haqda 2017 yil 23 iyunda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining «Jizzax şahrida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyoti fanini çuqurlaştirib öqitişga ixtisoslaştirilgan maktab-internatini taşkil etiş töğrisida»gi 418-son Qarorida belgilangan. 

Belgilanişiça, 2017-2018 öquv yilida maktab-internatning 5-8 sinflariga hamda 2018-2019 öquv yilidan boşlab 5 sinfiga 30 nafardan öquvçilar qabul qilinadi. Xalq ta'limi vazirligiga maktab-internatning moddiy-texnika bazasi, pedagog kadrlarning salohiyati hamda ehtiyojdan kelib çiqqan holda keyingi yillarda öquvçilarni qabul qiliş kvotalariga özgartirişlar kiritiş huquqi berildi.

Tegişli davlat organlariga Jizzax şahrida yangidan qurilayotgan 540 örinli Jizzax viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş instituti binosini maktab-internatga beriş, uni 150 örinli öquv binosi, 100 örinli yotoqxona va 75 örinli oşxonaga moslaştiriş, şuningdek maktab-internatni öquv-laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikalari, öquv-metodik majmualar, metodik qöllanmalar va badiiy adabiyotlar bilan ta'minlaş böyiça topşiriqlar berildi.

Xalq ta'limi vazirligi Davlat test markazi bilan birgalikda 2017-2018 öquv yilidan boşlab maktab-internatga iqtidorli öquvçilarni saralab oliş maqsadida ona tili va çet tili fanlaridan test sinovi hamda psixologik-pedagogik diagnostika ötkazadi.

Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 3 iyulda kuçga kirdi.

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan boğlangan boşqa qonun hujjatlariga şarhlar va izohlar bilan «Özbekiston Respublikasi qonunçiligi» axborot-qidiruv tizimida tanişiş mumkin.

Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ixtisoslaştirilgan maktab-internat taşkil etiladi