Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi 2017 yilda erişilgan muvaffaqiyatlar hususisida öz hisobotini taqdim etdi. Bu haqda jamğarma vakili Kun.uz muxbiriga xabar beradi. 

2017 yilda jamğarma hisobidan yoş sportçilarimiz dunyoning 34 mamlakatida (Germaniya, Rossiya, Vetnam, Ozarbayjon, Qozoğiston, Italiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Tayland, Turkiya, Xitoy, Braziliya, Qirğiziston, Ruminiya, Nepal, Singapur, Filippin, Çili, Bolgariya, Belorusiya, Yaponiya, Indoneziya, Gretsiya, Misr, Vengriya, Tayvan, Çexiya, Irlandiya, Hindiston, Estoniya, Moldova, Birlaşgan Arab Amirliklari, Lyuksemburg, Malayziya davlatlarida) bölib ötgan 66dan ortiq nufuzli musobaqalarda iştirok etişga muvaffaq bölişdi.  Xalqaro musobaqalar sportning 31 turi (armrestling, badiiy gimnastika, badminton, baydarka va kanoeda hamda akademik eşkak eşiş, boks, velosport, gandbol, dzyudo, yengil atletika, karate, karlar sporti, ot sporti, oğir atletika, paralimpiya turlari, raqs sporti, regbi, sport akrobatikasi va boşqalar) böyiça ötkazilgan. 

2017 yil mobaynida jami 691 nafar (243 nafari qizlar) öquvçi-yoşlar xalqaro sport musobaqalarida iştirok etib, jami 595 ta medallar (247 ta oltin, 171 ta kumuş, 177 ta bronza)ni qölga kiritib, Vatanimiz dovruğini jahon maydonida yanada yuksakroqqa kötarişga hissa qöşişdi.

Şuningdek, jamğarma tomonidan 2017 yilda 31 obektda quriliş-ta'mirlaş işlari olib borilib, yoşlarni sport bilan muntazam şuğullanişlari uçun qulay şart-şaroitlar yaratildi.