Saakashvili Poroshenkoni sud qilishga chaqirdi
Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining ma'lum qilishicha, Ukraina yetakchisi Pyotr Poroshenko yaqin vaqt ichida davlatga xiyonat qilgani uchun sudlanishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Poroshenko korrupsiya va Ukrainaning «ko‘p milliard dollarlik mol-mulki» talon-taroj etilgani uchun sud qilinadi.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina prezidenti shaxsiy boyligini ko‘paytirish uchun o‘z pozitsiyasidan foydalangan.
Saakashvilining ta'kidlashicha, Poroshenko Ukrainaning barcha aholisi «ishonchini oqlay olmaydi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko BMTda Rossiyaning niyatini ma'lum qilgandi.
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko BMT Bosh assambleyasida nutq so‘zlab, Rossiyada Azov dengizini «egallab olish» istagi borligi haqida gapirdi.
Mavzuga oid
11:45 / 06.10.2024
“Atirgul inqilobi”dan hibsxonagacha – Mixail Saakashvili kim edi?
12:21 / 14.08.2024
Gurjistonda sobiq prezident 2008 yilgi urushda ayblandi
22:38 / 06.08.2024
Gruziya parlamenti spikeri Saakashvili afv etilishi mumkinligini aytdi
08:00 / 24.05.2024