Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko BMT Boş assambleyasida nutq sözlab, Rossiyada Azov dengizini «egallab oliş» istagi borligi haqida gapirdi. Bu haqda «Ukraina yangiliklari» xabar bermoqda.
Şu munosabat bilan Ukraina prezidenti Moskvaga qarşi sanksiyalarni kuçaytirişga çaqirdi.
Şuningdek, Poroşenkoning ma'lum qilişiça, Rossiya Qrim köprigi qurilgandan söng, Kerç böğozi orqali «xalqaro navigatsiya erkinligini muntazam ravişda buzişni boşladi». Uning sözlariga köra, bunday harakatlar «noqonuniy» bölib, ular töxtatilişi kerak.
«Ular sanksiyalar siyosati va boşqa aniq maqsadli çora-tadbirlar kuçaytirilişini öz içiga olgan qat'iy javobga töqnaş kelişlari lozim», - deya xulosa qildi Poroşenko.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Azov dengizi yaqinida harbiy maşqlar ötkazgandi.

















