Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda yuz bergan YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
28 sentabr kuni Dushanbe-Xo‘jand avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan avtohalokat oqibatida O‘zbekistonning bir fuqarosi vafot etdi, yana biri jarohat oldi.
Tojikiston Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi Varzob tumani hududida soat 10:00lar atrofida sodir bo‘lgan. «Opel-Zefira» avtomobili haydovchisi, Varzob tumanida yashovchi 44 yoshli fuqarosi Ali Saidov boshqaruvni yo‘qotib, «Opel-Astra» avtomobili bilan to‘qnashuvni sodir etgan. Ikkinchi mashinani Dushanbe shahrida yashovchi 61 yoshli Qurbonali Pirmatov boshqargan.
Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joyda, 1947 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Safarov Yo‘ldosh Shodiyevich vafot etgan. «Opel-Astra»ning boshqa yo‘lovchisi, 1947 yilda tavallud topgan O‘zbekiston fuqarosi Xushvaxtov Haydar Safarovich jarohatlandi va kasalxonaga olib ketildi.
Voqeaning sabablari aniqlanmoqda, deya xabar beradi Tojikiston IIV.
Mavzuga oid
16:44
Andijonda Malibu piyodalar yo‘lidan o‘tayotgan uch kishini urib ketdi
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
18:50 / 24.06.2026
Avtomobil tezligini avtomatik cheklaydigan tizim sinovlardan o‘tolmadi
20:30 / 23.06.2026