Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada «Trami» to‘foni sababli 4 million kishiga uylarini tark etish tavsiya qilindi
Yaponiya janubi va janubi-g‘arbidagi 4,3 mlndan ko‘proq kishi “Trami” to‘foni sababli evakuatsiya qilishga buyruq yoki tavsiya oldi. 4 mln 72 ming kishi evakuatsiya qilish haqidagi tavsiya, 269 ming kishi esa zudlik bilan uylarini tark etish buyrug‘ini olgan.
Mamlakatning bosh meteorologik agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, “Trami” hozirda Kyusyu oroli va bosh yapon oroli Xonsyu janubi-g‘arbi orasida joylashgan. To‘fon markazidagi bosim 950 gektopaskalni, shamol tezligi esa soniyasiga 45 metrni tashkil qilmoqda. Meteorologlar to‘fonni juda kuchli deb tasniflashmoqda va to‘fon bilan birga kechayotgan rekord darajadagi kuchli shamoldan ogohlantirishmoqda.
Kuchli shamol va yog‘ingarchilik oqibatida hozirda 77 kishi jabrlangan, yana bir kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda. Bir necha yuz ming uy elektr energiyasiz qolgan. Do‘kon va ko‘ngilochar maskanlar yopib qo‘yilgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatning turli qismlarini bog‘lovchi 1126 ta aviareys bekor qilingan.
To‘fon o‘tadigan hududlarda bir sutkada 500 mmgacha yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Mutaxassislar to‘lqinlarning 13 metrgacha ko‘tarilishidan ogohlantirishgan va to‘fon o‘tishi mumkin bo‘lgan hududlar aholisini dengizga chiqmaslikka chaqirishgan. Meteorologlar, shuningdek, kuchli yog‘ingarchilik sababli ko‘chki yuz berishi xavfidan ogohlantirishgan.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026