Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyadagi zilzila vaqtida dispetcher o‘z hayoti evaziga yo‘lovchilarni qutqarib qoldi
Indoneziyaning Sulavesi orolida kuchli zilzila yuz berishiga qaramasdan, o‘z ish joyida qolgan 21 yoshli aviadispetcher oxirgi manziliga kuzatildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Antonius Gunavan Agung 28 sentabrda Sulavesi orolidagi Palu's Mutiara SIS Al-Jufrie aeroportidagi ish joyida bo‘lgan. 6,1 magnitudali birinchi yer silkinishlar boshlanganda u Batik Air aviakompaniyasining bortida yuzlab yo‘lovchilar bo‘lgan samolyoti havoga ko‘tarilmaguncha boshqalar bilan birga dispetcherlik minorasini tark etishdan voz kechgan.
Yigit samolyot xavfsizlikda ekaniga ishonch hosil qilgandan keyingina vayron bo‘layotgan minorani tark etishga shoshilgan. U vaqtga kelib zilzila kuchi 7,4 magnitudaga yetgan.
Yigit 4-qavat balandligidan sakrashiga to‘g‘ri kelgan, buning natijasida u ichki tana a'zolarining ko‘plab jarohatlarini olgan.
Yaqin oradagi shifoxonada unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan, biroq jasur yigit uni zamonaviyroq qurilmalarga ega bo‘lgan shifoxonaga olib ketishi kerak bo‘lgan vertolyot kelguncha joni uzilgan.
Ta'kidlanishicha, yigitga 22 yoshga to‘lishiga bir oygina qolgan bo‘lgan.
28 sentabr kuni Indoneziyaning Sulavesi orolida 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Shu bilan birga, mamlakat hududida 5,8 magnitudali zilzilalar seriyasi qayd etilgan.
Mavzuga oid
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
19:34 / 11.01.2026