Makedoniya davlati nomini o‘zgartirish bo‘yicha referendum o‘tkazilmoqda
Makedoniyada mamlakat nomini o‘zgartirish bo‘yicha referendumda ovoz berish jarayoni boshlandi.
Respublika Davlat saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, referendumda 1,8 milliondan ortiq kishi ishtirok etishi mumkin. Ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan soat 19:00ga qadar (Toshkent vaqti bilan soat 21:00) davom etadi.
Saylovchilardan «Makedoniya Respublikasi va Gretsiya Respublikasi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra YeI hamda NATOga a'zo bo‘lishni yoqlaysizmi?» deb so‘raladi.
Referendum natijalari 1 oktabrda e'lon qilinadi. Jarayonni nazorat qilish uchun 12 mingga yaqin mahalliy, 50 nafar xorijiy kuzatuvchilar jalb etilgan.
Referendum maslahat xarakteriga ega. Makedoniya qonunchiligiga ko‘ra, saylovchilarning yarmidan ortig‘i referendumda qatnashsagina, uning natijalari tan olinadi.
Turli ijtimoiy so‘rovlar natijalariga ko‘ra, davomat 40-60 foiz atrofida bo‘lishi aniqlangan.
Shu yilning 17 iyunida Gretsiya tashqi ishlar vaziri Nikos Kotzias va Makedoniya tashqi ishlar vaziri Nikola Dimitrov mamlakat nomini Shimoliy Makedoniya Respublikasi deb o‘zgartirish to‘g‘risida kelishuv imzolagandi. Gretsiya va Makedoniya o‘rtasida 25 yildan buyon davom etib kelayotgan nom mojarosi Makedoniyaning NATO va Yevroittifoqqa kirishiga xalal berayotgandi. Gretsiyaning Makedoniya viloyati bilan adashtirmasliklari uchun Gretsiya qo‘shni respublikadan o‘z nomini o‘zgartirishni talab qilgandi.
Makedoniya prezidenti George Ivanov Skope va Afina o‘rtasidagi Makedoniya respublikasi nomini o‘zgartirish haqidagi shartnomani «o‘z joniga huquqiy suiqasd» deb atagan.
Mavzuga oid
23:01 / 06.11.2024
Qatar aholisi parlament saylovlaridan voz kechishga ovoz berdi
11:10 / 01.11.2024
Moldova KS YeIga integratsiya bo‘yicha referendum natijalarini ma’qulladi
21:07 / 21.10.2024
Moldova fuqarolari Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishni yoqlab ovoz berdi
21:00 / 27.08.2024