Paralimpiyachilar delegatsiyasi Indoneziyaga yo‘l oldi
6-13 oktabr kunlari Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida III Paraosiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik paralimpiyachilar ham ishtirok etadi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilishicha, bugun, 30 sentabr kuni o‘zbekistonlik paralimpiyachilar Jakartaga tantanali ravishda kuzatildi. Avvaliga O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasida sportchilar uchun bayram dasturxoni yozildi.
So‘ngra Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qiluvchi sportchilarni tantanali kuzatish marosimi o‘tkazildi.
Marosimda Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etishdi.
Eslatib o‘tamiz, III Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk marotaba 54 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. O‘zbekiston vakillari sportning beshta turi: pauerlifting, dzyudo, o‘q otish, suzish va yengil atletika bo‘yicha bahslarda o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi.
Mavzuga oid
09:59 / 26.10.2023
Bobur Omonov Paraosiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatib oltin medalga sazovor bo‘ldi, veloshosseda bronza
09:51 / 23.10.2023
Paraosiyo o‘yinlari. O‘zbekiston birinchi kunni 3ta oltin medal bilan boshladi
14:00 / 06.05.2022
2022 yilgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari noma’lum muddatga qoldirildi
01:38 / 21.12.2018