Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vetnamda yarim asr avval yo‘qolgan uchuvchi qoldiqlari topildi
Foto: RIA Novosti / Vladimir Vyatkin
Vetnamning junglilarida ikki uchuvchi qoldiqlari topildi. Taxminlarga ko‘ra, ulardan biri 47 yil avval yo‘qolgan sobiq ittifoq uchuvchisi Yuriy Poyarkov bo‘lishi mumkin.
Aviatsiya tarixchisi Nikolay Bodrixinning ma'lum qilishicha, Poyarkov Vetnam xalq armiyasida uchuvchi-instruktor bo‘lib xizmat qilgan. 1971 yil aprelda u va uning sherigi MiG-21S qiruvchi samolyotida o‘quv parvozini bajarish vaqtida yo‘qolib qolgan.
“Vetnamliklar samolyotning qulagan joyini 10 kun qidirishgan, biroq uni topolmagach, qidiruvni to‘xtatishgan”, deb ma'lum qilgan Bodrixin.
Uchuvchining nabirasi iltimosiga ko‘ra oxirgi bir yil davomida Vetnamning shimoliy qismida qidiruv operatsiyasi olib borilgan. Qoldiqlar bilan birga qiruvchi samolyot bo‘laklari ham topilgan.
Mavzuga oid
20:10 / 06.04.2026
Polkovnikni qutqarish. Amerikalik uchuvchini Erondan olib chiqish amaliyoti tafsilotlari
09:51 / 26.02.2025
Mashhur uchuvchi hayotida sodir bo‘lgan ayanchli hodisa - jinoyatchilar uning o‘g‘lini nega o‘ldirgandi?
20:39 / 03.02.2025
“Boshqaruvdan chiqqan samolyotni nazoratga olish o‘ta qiyin ish” – uchuvchi bilan suhbat
23:06 / 09.10.2024