1927 yilda fuqaro aviatsiyasi tarixida muhim iş sodir böladi. Amerikalik uçuvçi Çarlz Lindberg Nyu York-Parij yönalişida parvoz qilib Atlantika okeanining tepasidan uçib ötadi. Oradan 5 yil ötgaç jinoyatçi uning hali 2 yoşga tölmagan öğlini öğirlab, pul talab qiladi. Aytilgan mablağ berilganiga qaramasdan bola qaytarilmaydi va keyinroq uning jasadi topiladi.
Aviatsiya tarixi 1896 yilda aka-uka Uilber va Orvil Raytlar dunyodagi birinçi samolyotda parvoz qilgan kundan boşlansa, fuqaro aviatsiyasi tarixi 1914 yil 12 fevraldan boşlanadi. Öşa kuni Igor Sikorskiy tomonidan yasab çiqilgan “Ilya Muromets” samolyoti 16 kişi bilan parvoz qilgandi.
Şundan söng aviatsiya tarmoği tezkorlik bilan rivojlanib boradi va 1927 yilda amerikalik uçuvçi Çarlz Lindberg Nyu York-Parij yönalişida Atlantika okeani tepasidan bir özi uçib ötişga muvaffaq böladi.
Lindberg 5 800 km masofani 20 soat 21 daqiqada uçib ötadi va Parijdagi Le Burj aeroportiga qönadi. Muvaffaqiyatli parvozdan söng uçuvçi juda maşhur bölib ketadi. Unga “Parvozdagi xizmatlari uçun” va Xalqaro aeronavtika federatsiyasining oltin medallari beriladi.

1927 yilda Çarlz AQŞ hukumatining iltimosi bilan Lotin Amerikasi böylab parvoz qiladi. Öşanda u Meksikada qönganida Çarlzni AQŞning şu davlatdagi elçisi oilasi bilan kutib oladi. Çarlz bölajak xotini Enn Morrou bilan şu yerda tanişadi. Enn elçining qizi edi.
1929 yilda Çarlz Ennga uylanadi. Söng u xotiniga samolyot boşqarişni örgatadi va er-xotin dunyo böylab sayohat qilişadi. Qisqasi, şon-şarafga burkangan Çarlz hayotidan mamnun edi.
1930 yil yozda Çarlz va Enn öğil farzand körişadi va unga Çarlz deb ism qöyişadi. Kiçik Çarlz Lindberg soğligida muammolar bilan tuğilgandi. Köp ötmay Çarlzning hayotida noxuş iş sodir böladi va oqibatda u öğlidan ayriladi.
Kiçik Çarlz Lindbergning yöqolişi
1932 yil 1 mart kuni tunda noma’lum şaxs Çarlz Lindbergning Nyu Jyersi ştatidagi Ist-Emvill şaharçasida joylaşgan uyidan şaxs Kiçik Çarlz Lindbergni öğirlab ketadi.

Jinoyatçi bolani olib ketiş çoğida xat qoldirgan va unda Kiçik Çarlzni qaytariş evaziga 50 ming dollar talab qilgandi.
Ştat politsiyasi, FBR xodimlari oyoqqa turadi, biroq bolani ham, jinoyatçini ham topib bölmaydi. Oradan bir oy ötgaç jinoyatçi aytgan joyga 50 ming dollar yetkaziladi. Jinoyatçi pulni 2 aprel kuni oladi, biroq u bolani qaytarmaydi.
1932 yil 12 may kuni Çarlz Lindergning uyidan bir neça kilometr naridan bolaning öligi topiladi. Jasad ekspertizadan ötkazilganda Kiçik Çarlz Lindberg öğirlangandan söng bir neça soat ötgaç öldirilgani ma’lum böladi. Ya’ni jinoyatçi pulni olgan vaqtda bola hayot emasdi.
Tibbiy ekspertizada Kiçik Çarlz orqa miya lat yeyişi oqibatida halok bölgani oydinlaşadi. Keyinçalik jinoyatçi uni zinadan itarib yuborgani va hali ikki yoşga tölmagan Kiçik Çarlz jarohatlanib vafot etgani aniqlanadi.

Öşanda bolani öğirlab, öldirgan jinoyatçi topilmaydi. Unga berilgan 50 ming dollar oltin sertifikat körinişida böladi va politsiya ularning barçasidagi raqamlarni qayd qilib qöyadi.
Politsiya va FBR xodimlari jinoyatçi olgan pullarini işlatişini kutişadi. Biroq ikki yilça jinoyatçi olgan pullar heç qayerda işlatilmaydi.
Jinoyatçining topilişi
1934 yil sentabr oyida Nyu Yorkdagi banklarning biriga jinoyatçiga berilgan dollarlardan bir qançasi kelib tuşadi. Suriştiruvlarda noma’lum kimsa ularni benzin sotib oliş uçun işlatgani aniqlanadi.
Politsiya qidiruvni kuçaytiradi va jinoyatçining izini topişga muvaffaq böladi. Pullarni duradgorlik bilan şuğullanuvçi, germaniyalik muhojir Bruno Rixard Gauptman degan şaxs berib ketgani aniqlanadi.

Brunoni darhol topib hibsga olişadi. Biroq u bolani öğirlaganini va öldirganini tan olmaydi. Şundan söng u yaşab kelgan uyda tintuv ötkaziladi. Brunoning uyidan bolani qutqariş uçun berilgan pullardan yana qariyb 14 ming dollar topiladi.
Çarlz Lindbergning uyida jinoyatçi tomonidan qoldirilgan xat bilan Bruno yozuvlari soliştirib körilganda, ularni bir kişi yozgani ma’lum böladi. Millati nemis bölgan Bruno Çarlzning uyida qoldirgani xatida ham, uyidan topilgan boşqa yozuvlarda ham birday xatolar qilgandi.
Şuningdek, Bruno yaşab turgan uy tekşirib körilganda uning çordoğida yoğoç zinapoya borligi va Kiçik Çarlz öşandan dumalab ketgani aniqlanadi. Şundan söng Brunoga nisbatan ayblov e’lon qilinadi.
1935 yil 13 fevral kuni ötkazilgan sönggi sud majlisida Bruno ongli ravişda Kiçik Çarlzni öğirlagan va uni öldirgan deb topiladi. Sudya unga ölim jazosi beradi. Brunoning advokatlari bir neça marta apellyatsiya berişadi, biroq ular rad etiladi.
1936 yil 3 aprel kuni Nyu Jyersida elektr stul yordamida qatl ijro etiladi. Bruno oxirigaça bolani öğirlamagani va öldirmaganini ta’kidlaydi.
Lindbergning özi ham gumonda
Keyinçalik Kiçik Çarlz Lindbergni Bruno emas, boşqalar öldirgani haqida bir qança miş-mişlar çiqadi. Ularning biriga köra, bolani öğirlaşni Çarlz Lindbergning akasidan öç olişga qaror qilgan mahalliy bankirlar uyuştirgan.

Çarlzning akasi Federal zaxira banki tuzilişiga qattiq qarşilik körsatgan şaxslardan biri bölgan. Şu sababli bankirlar Çarlzning akasini juda yomon körişgan.
Ikkinçi miş-mişga köra, Kiçik Çarlz nogiron tuğilgani uçun Çarlz Lindberg undan qutulişni xohlagan va odam yollab bu işni amalga oşirgan.
Yuqoridagi miş-mişlarda heç qanday asos bölmagan va hatto politsiya ham jinoyatçini qidirayotganda ularga e’tibor qaratmagan.
Kiçik Çarlz Lindbergning öldirilişi AQŞda ikkita muhim qonun qabul qilinişiga sabab böladi. “Çarlz Lindberg qonuni” deb atalgan bu qonunga köra odam öğirlaşning har qanday turi federal jinoyat sirasiga kiritiladi. Öşangaça u mahalliy jinoyat turiga kirgan.
Ikkinçi qonun sud jarayonida fotoapparatlarning işlatilişini bilan boğliq edi. Kiçik Çarlz Lindbergning qotili sud qilinayotganda ayrim fotograflar öz vakolatlarini suiiste’mol qilişadi. Şunda sud majlislarida fotoapparatlardan foydalaniş taqiqlanadi.

Foto: courtartist.com
Öşandan keyin AQŞdagi sudlarda jarayonni reportyor-rassom suratga çiziş orqali tasvirlaşi qayta tiklanadi. Hozir ham Amerikada jinoiy işlar köriladigan sud majlislarida foto, video uskunalar işlatiş mumkin emas. Faqat reportyor-rassom jarayonni suratlarga çizib tasvirlaşi va yoritişi mumkin.
Çarlz Lindbergning keyingi hayoti
Kiçik Çarlz Linberg uçuvçining tönğiç farzandi bölgan. U vafot etgandan söng Çarlz va Enn yana 5 nafar farzand körişadi.
Jon Lindberg 1932 yilda, Lend Lidnberg 1937 yilda, Enn Lindberg 1940 yilda, Skot Lindberg 1942 yilda va Riv Lindberg 1945 yilda tuğilgan. Lindberg juda maşhur odam bölgani uçun uning hayoti köproq safarlarda ötadi. Şu sababli u bolalarini juda kam köradi. Şuningdek, uçuvçining turli ayollardan yana yetti farzandi bölgan.

Çarlz Lindberg 1930-yillarning ikkinçi yarmida Fransiya, Germaniya hamda SSSRga keladi va bu mamlakatlarning aviatsiya sanoati bilan tanişadi. Ana şunda nemis generali Herman Gering uni orden bilan mukofotlaydi.
Ikkinçi jahon uruşi boşlangaç Çarlz AQŞning unda qatnaşişiga qarşi çiqadi. Bu prezident Franklin Ruzveltga yoqmaydi va u uçuvçini harbiy xizmatdan çetlatadi. Faqat 1944 yilga borib u AQŞ harbiy aviatsiyasida maslahatçi bölib işga kiradi.
Uruşdan keyin Çarlz AQŞ harbiy-havo kuçlarida maslahatçi bölib işlaydi. Prezident Eyzenxauer unga general unvonini beradi.

Foto: alamy.com
Köp ötmay Pan American World Airways aviakompaniyasi Çarlzni maslahatçi sifatida işga oladi va u Boeing 747 samolyotining dizaynini tayyorlaşda qatnaşadi. Çarlz Lindberg 1970-yillar boşlarida saraton kasaliga çalinadi va 1974 yil 26 avgust kuni 72 yoşida vafot etadi.
Ğayrat Yöldoş tayyorladi.












