14:21 / 01.10.2018
6806

Andijon viloyat Pensiya jamg‘armasi Izboskan tumanida amaliy anjuman o‘tkazdi

28 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Andijon viloyati boshqarmasi tizimni isloh qilish, sohada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, sohada yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Izboskan tuman bo‘limida amaliy seminar tashkil qildi.

Viloyatdagi barcha tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari, pensiya va nafaqalarni tayinlash guruhi rahbarlari va arxivarius xodimlar ishtirok etgan anjumanda fuqarolarni qabul qilish tartiblari, bo‘limlarda hujjatlar bilan ish olib borish, arxiv ishi, pensiya ta'minoti bilan bog‘liq hujjatlarni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llanilishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 sentabrdagi “Respublika aholisi va iqtisodiyot tarmoqlarini un, don va non mahsulotlari bilan ishonchli ta'minlashda raqobat hamda bozor mexanizmlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 731-sonli qarori ijrosini joylarda bajarilishi yuzasidan joylarda olib borilayotgan ishlar samaradorligiga alohida e'tibor qaratildi.

Seminar yakunida boshqarma boshlig‘i Sardorbek Rahmonov fuqarolarni qabul qilish madaniyati, sohada amalga oshirilayotgan ishlarni vijdonan bajarilishi, korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi qurashish uchun hamjihatlikda ish yuritish lozimligi to‘g‘risida ma'ruza qildi.

Viloyat va tuman mutasaddilaridan iborat guruh “Qashqarlik” mahallasida istiqomat qiluvchi pensioner, faxriy ustozlar Qobiljon Rustamov va Diloromxon Rustamovalarni  “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan yo‘qlashdi.                   

Elmurod Ermatov, Andijon

KUN.UZ muxbiri    

Top